×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek «Eng muhim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umum insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat». Obod va farovon jamiyatni yuksak ma'navit va uzluksiz ma'naviy tarbiya orqali ko‘rishimiz mumkin. Bu vazifalarni amalga oshirish esa biz pedagoglar va professor o’qituvchilar zimmasidadir.Shu maqsadda 2022-2023 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi.

  O‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Axborot soati» materiallaridan olingan ma’lumotlar asosida haftaning har payshanba kunlarida farmakognodiya va farmatsiftik texnologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda muntazam ravishda «Axborot soati» lari o‘tkazildi. Bundan tashqari har bir oqim kafedraga o‘qishga kelgan dastlabki kunida kafedra mudiri tomonidan o‘quv jarayoni, ichki tartib intizomlar, kiyinish madaniyati va boshqalar haqida batafsil tushintirish ishlari olib borildi. Shuningdek, mavzularga mos tarzda «Vatan mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan videorolik», «O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligiga bag‘ishlangan videorolik» to‘g‘risidagi videoroliklar ko‘rsatib o‘tildi.

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya kafedrasi xodimlari 2022- 2023-o’quv yilida Farmatsiya fakulteti 5-kurs 504,505,506 guruhlari bilan ustoz shogird tamoyili asosida murabbiylik ishlarini olib bordilar. Talabalar bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida shahrimizdagi turli tarixiy obidalar, ziyoratgohlar, teatr va konsertlarga borish tashkil etildi. Qish oylarida barcha akademik guruhlar rahbarlari ijarada yashaydigan talabalar yashash sharoiti bilan tanishib fakultet miqyosida fotoalbom tayyorlandi. Bunda asosan talabalar yashash joylarida yong'in xavfsizligi va yashash sharoitiga alohida e'tibor berildi.Talabalarni darsdan bo’sh vaqtlaridan unumli foydalanish uchun kafedrada tashkil etilgan ustoz shogird tizimi bo’yicha talabalarni qiziqtirgan fanlar asosida labaratoriya ishlarini keng yoritilib kelinmoqda.

  Kafedrada buyuk mutafakkirlar, shoirlar, fan arboblari asarlari o‘qib o‘rganildi va kitobxonlik soatlari o‘tkazildi. Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya kafedrasi 1-son TTJda “Yosh kitobxon “ tanlovi o’tkazishdi.Tanlovda bir qancha yotoqxona talabalari faol qatnashdilar. Ko’rgazmaga olib kelingan kitoblar va ularning mualliflari,asarlardagi voqiyalar asosida qizg’in davra suxbatlari o’tkazildi.Davrada faol qatnashgan talabalarga kafedra o’qituvchilari tomonidan turli xil sovg’alar taqdim etildi.

  Universitet binosining keng maydonida barcha talabalar, professor o’qituvchilar va universitet rektori J.A.Rizayev boshchiligida O’zbekiston mustaqilligini 31 yilligiga bag’ishlanganbayram tadbirini o’tkazishdi.J.A.Rizayev so’zga chiqib barchani bayram bilan qutlab va yangi o’quv yilini yaxshi kayfiyat va shijoat bilan boshlashni aytib o’tdi.

    18-noyabr Samarqand kunini nishonlashdi.Shaxrimizning eng ko’zga ko’ringan so’lim bog’ida bayram namoyishlari bo’lib o’tdi.Universitetimizning barcha kafedra xodimlari va fakultet talabalari barcha samarqandliklar qatori xush kayfiyat ila bayramni nishonlashdilar

    Universitetimizda 76-xalqaro konfirensiya bo’lib o’tdi.Konfirensiyaga qo’shni davlatlardan  ko’plab mexmonlar tashrif  buyurishdilar.Universitetning barcha kafedra xodimlari qatori farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya kafedra o’qituvchilari faol qatnashdilar.Konfirensiya ochilish tadbirini bayramona tarzda o’tkazishdilar.