Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetida Farmakognoziya va farmaseftik texnalogiyalari fani 2019 yildan farmakologiya kafedrasida o’qitila boshlagan.

  2021 yil 30 iyuldagi ilmiy kengash qaroriga (bayonnoma №11) asosan Institut rektorining 2021 yil 20 iyuldagi №655AF buyrug’iga binoan farmakologiya kafedrasi: “Farmakognoziya va farmaseftik texnologiya” hamda “Farmakologiya” kafedralariga ajratildi. SamMI rektorining 2021 yilning 28 avgustdagi №529-к buyrug’i bilan farmakognoziya va farmaseftik texnalogiyalar kafedrasi mudiri etib, tanlovdan o’tish sharti bilan meditsina fanlari bo’yicha falsafa doktori N.D.Kodirov tayinlandi.

  Kodirov Nizomiddin Daminovich 1997 yilda Samarqand Davlat Tibbiyot Insnitutining pediatriya fakultetini tamomlagan. 1997-1998 yilda Samarqand Meditsina Instituti “Bolalar xirurgiyasi” mutaxassisligi bo’yicha internaturani tugatgan. 2005-2008 yillar Samarqand Meditsina Instituti bolalar xirurgiyasi yo’nalishi bo’yicha asperanturani tugatgan. 2012 yildan bolalar xirurgiyasi kafedrasida assistent o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritgan. 2017 yildan Samarqand Davlat tibbiyot universiteti davolash fakultetida dekan o’rinbosari, o’rindoshlik asosida bolalar xirurgiyasi kafedrasi assistenti vazifalarida faoliyat yuritgan. Bir necha marta malaka oshirish kurslarida o’qigan. Fakultet va institut ilmiy kengashlari a’zosi.

    Kafedrada 10 ta stajor assistent va assisentlardan iborat bo’lgan professor – o’qituvchilar faoliyat yuritadilar. Kafedrada Universitet rahbarlari tomonidan zamonaviy asbob anjomlar bilan jihozlangan labaratoriya tashkil etilgan. Har bir dars o’tiladigan xonalar shu fanlarga doir o’quv ko’rgazma anjomlari bilan ta’minlangan.

    Professor o’qituvchilar tomonidan yozilgan o’quv uslubiy tavsiyanomalar, o’quv qo’llanmalar, darsliklar, brashuralar, chet el olimlari tomonidan yaratilgan o’quv darsliklar , jurnallardan iborat bo’lgan kutubxona mavjud.

    Kafedra professor- o’qituvchilari tomonidan shu o’quv yili mobaynida 6 ta o’quv qo’llanmalar, 1 ta monografiya va 14 ta tavsiyanomalar chop etildi.

    Kafedra Rossiya, Qozog’iston va Turkiya davlatlari tibbiyot universitetlari bilan (akademik mobillik) hamkorlik qiladi. Kafedra o’qituvchilari iqtidorli talabalar bilan birgalikda respublika va xalqaro fan olimpiyadalarida qatnashib sovrinli o’rinlar egallab kelmoqda. OAK, mahalliy va xalqaro jurnallarda 70 ga yaqin maqolalar va 25 ga yaqin tezislar chop etilgan,8 ta eletktron hisoblash dasturi olingan.

    Kafedra qator o’rta va maxsus o’quv kollejlar, texnikumlar sog’liqni saqlash maskanlari bilan hamkorlikda ilmiy anjumanlar, konferensiyalar tashkil qilib ularga o’quv qo’llanmalar, darsliklar bilan ta’minlash amaliy yordam berish yo’lga qo’yilgan. Jumladan “Siyob, Pastarg’om, Narpay, Abu Ali ibn Sino” nomidagi jamoatchilik salomatligi texnikumlari.

    Kafedra xodimlaridan 2022-yil mart oyida Ernazarova M.SH assistent, Baymuradov E.S stajyor assistant lavozimiga “Farmatsiya” fakulteti kengashida tasdiqlandi.

  Kafedramiz jamoasi kelgusida talabalarning yetuk mutaxassis bulib yetishishlari uchun ukitishning yangi,zamonoviy innovatsion texnologiyalarni kullab olib borishga,ilm-fanning rivojlanishi uchun uz ustlarida tinimsiz mexnat kiladilar.