×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiyalar kafedrasi 2021-yilda alohida kafedra sifatida ajralib chiqqan bo’lsada, shu qisqa fursat ichida tajribali o’qituvchilar bilim va mahorati tufayli kafedra talabalar ilmiy jamiyati(TIJ)ga qiziquvchi talabalarning soni ortib bormoqda. Birgina 2022-2023-o’quv yili boshida TIJga a’zo bo’lgan talabalar 16 nafarni tashkil qilgan bo’lsa, o’quv yili o’rtasiga kelib, ularning soni 31 nafarga yetishi kafedrada bu borada olib borilayotgan ishlarning samarali tashkil etilayotganligidan dalolatdir. Kafedrada talabalar ilmiy jamiyati yig'ilishlari har oyda tashkil qilinib, talabalar uchun qiziq bo’lgan turlimavzulardagi prentatsiyalar namoyishlari taqdim etiladi. Shu bilan birga bu yig’ilishlarda ilmiy ishlar rejasi muammolari muhokamasi, to’plangan dalillar va ilmiy izlanishlar natijasi tahlil etiladi. Yozilgan tezislar, ularni nashr qilish va anjumanlarda qatnashishi masalalari muhokama qilinadi. Talabalar ilmiy jamiyatiga 2022-2023 o’quv yilida 31 nafar talaba a’zo qilib olingan bo’lib, ularning barchasi ilmiy izlanishlarda qatnashadilar. Ilmiy izlanishlarni olib borishda kafedra xodimlarining barchasi talabalarga yaqindan yordam berishadi. Talabalar ilmiy jamiyati a’zolari farmatsevtika sohasidagi bir qator mavzularda o’z ilmiy faoliyatlarini olib boradilar. Jumladan, hozirgi kunda alohida ahamiyat kasb etayotgan mahalliy dorivor o’simliklarning tarkibini o’rganish hamda ulardan tibbiy maqsadlarda foydalanish, dori vositalari tahlilida zamonaviy tahlil usullarini qo’llash, qo’llash uchun optimal dori shakllarini yaratish kabi bir qator muhim farmatsevtik masalalarda ilmiy izlanishdalar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim vazirligi va hamdo’stlik davlatlarida tashkil qilinayotgan xalqaro olimpiadalarda Talabalar ilmiy jamiyati a’zolari faol ishtirok etib sovrinli o’rinlarini egallab kelmoqdalar.

  O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturga muvofiq ta’lim turlari integratsiyasi jarayonini chuqurlashtirish, ular orasida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida kafedaramiz Talabalar ilmiy jamiyati a’zolari kafedra o’qituvchilari bilan birgalikda bir qator ta’lim muassasalarida “Mahorat darsi” o’tkazib berishdi.

Talabalar Respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjumanlarda farmatsevtika sohasining dolzarb muammolari bo'yicha olib borgan tadqiqot ishlari natijalari bilan qatnashib kelishmoqda. Kafedra TIJ a’zolari o’qituvchilari rahbarligida qo’shni davlat oliy ta’lim muassasalariga amaliyot o’tash hamda tajriba almashish maqsadidagi ham tashriflarni ham amalga oshirib kelmoqda.


SamDTU Farmatsiya fakulteti talabasi Djabborov Sherzod Alimqul o’g’li Ernazarova M.Sh. ilmiy rahbarligida «Ro`yan preparatlarining buyrakdagi toshlarga ta'sir mexanizmini o'rganish» mavzusida, SamDTU Farmatsiya fakulteti talabalari Najmitdinov X.B., Mirzoyeva F.A. PhD. Qodirov N.D. ilmiy rahbarligida“Производство лекарственных веществ из лекарственных растений” mavzusida ilmiy maqolalari bilan qatnashib faxrli 3-o’rinni egallashdi va III darajali Diplom bilan taqdirlandilar.

  Bundan tashqari Farmatsiya fakulteti talabalari Mirzoyeva Fariza Azamatovna PhD. Qodirov N.D. ilmiy rahbarligida“Zig’ir, qovoq, yong’oq va kungaboqar moylarini xromatografik o’rganish” mavzusida, Omontosheva M.T. Boymurodov E.S.ilmiy rahbarligida“Биологически активные и пищевые добавки”mavzusida, Samatova Yulduz Samat qizi, Abduraxmonov Jahongir Baxtiyor o’g’li Olimov S.M.ilmiy rahbarligida“Ko’z tomchilarining turg’unligini oshirish yo’llari” mavzusida, Toshturdiyeva Sarvinoz Alisher qizi ilmiy rahbarligidaMeliqulov O.J. “Geterosiklik birikmalarning ahamiyati” mavzusida, Najmitdinov X.B.Xasanov G.R.ilmiy rahbarligida“Применение препарата алфутола в лечении больных с остеоартрозом и подагрическим артритом” Abdulloyev Shaxzodjon Alijon o’g’li Imamova Y.A.ilmiy rahbarligida“Современные достижения в клинической и фундаментальной фармакологии” “Dorivor o’simliklar va ularning terapevtik ta’sirlari”mavzusida, Uzoqov Abror Alimardon o’g’li Imamova Y.A.ilmiy rahbarligida“Suspenziyalar tayyorlash texnologiyasi” mavzusida anjumanda o’z ilmiy ishlari bilan faol ishtirok etdilar.