Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

    1-sonli davolash fakulteti ichki kasalliklar kafedrasida 12 nafar xodim ishlaydi. Kafedraning barcha xodimlari kafedra va universitetning ilmiy-tadqiqot ishlarida faol ishtirok etadilar. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar doktorant (Ibragimov X.I.) va 2 nafar mustaqil talabgor ( Avazova T.A., Axmedova G.I.)

    Ilmiy faoliyat olib borishmoqda. Kafedra xodimlari muntazam ilmiy ishlarni olib borish orqali o‘z bilim va salohiyatini oshirib bormoqda.

    O‘tgan 5 yil davomida kafedra xodimlari tomonidan 300 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 100 dan ortiq maqolalar mamlakatimiz va xorijiy yetakchi jurnallarda chop etilgan. Bundan tashqari, 15 dan ortiq o‘quv-metodik qo‘llanma va uslubiy ko‘rsatmalar chop etilgan. Kafedra xodimlari tomonidan chop etilgan darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va tavsiyalardan tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalaniladi.

    Kafedra xodimlari koʻplab respublika va xorijiy anjumanlar, vebinar va konferensiyalarda maʼruza va tezislar bilan faol ishtirok etib kelmoqda.

    Kafedrada navqiron avlodni istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish, zamonaviy tibbiyot fanining falsafiy muammolari, O‘zbekiston davlatchiligi tarixining turli jihatlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

    Kafedra nafaqat xodimlar, balki talabalarning ham ilmiy faoliyatiga katta ahamiyat beradi. Kafedra hodimlari rahbarligida talabalar respublika va xalqaro jurnallarga maqolalar yozadilar, nufuzli anjuman va uchrashuvlarda qatnashadilar. Kafedraning iqtidorli talabalari bir necha bor O‘zbekiston Respublikasi fan olimpiadalarida qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallagan. Ulardan Ahmedov Sardorbek , Fazliddinov Janobiddin , Yaxshiev Bobosher , Yo‘ldosheva Dildora Respublika Olympiadasi tanlovida sovrinli o‘rinlarni egalladi va Samarqand Davlat Tibbiyot Universitetining iqtidorli talabalari qatoriga qo'shilishmoqda .

    Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori va kafedra mudiri rahbarligida kafedra xodimlari tomonidan ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, vebinarlar , ochiq darslar va davra suhbatlari tashkil etildi. Bundan tashqari, nafaqat tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari, balki tibbiyot kollejlari va yuqori sinf o‘quvchilari uchun ma’ruzalar, ochiq darslar, davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmalar

Mualliflar

Chop etilgan qo'llanmaning nomi

1

Ziyadullaev Sh.X.

Sultonov I.I.

Xamraev X.X.

Revmatik kasalliklari

2

Toirov E. S

Xamraev X. X.

Islomova K.A.

Osteoartroz : xavf omillar klinika kechuvi tashxis mezoni va davolash

3

Solovyov S.K. (RF RITI)

Toirov E.S.

Islomova K.A.

Osteoartrit . Diagnostika va davolashning zamonaviy usullari.

5

Xamraeva N.A.

Ishanqulova N.N.

Ташинова Л.Х

Klinik nefrologiya asoslari

6

Хамраева Н.А.

Исламова К.А.

Абдушукурова К.Р.

Ахмедов И.А.

Klinik revmatologiya asoslari

Зиядуллаев Ш.Х

Иммунобиотехнологии