×
Menu
Close Menu

Xalqaro hamkorlik

    Samarqand davlat tibbiyot universitetini xalqarolashtirish vazifalari institutning rivojlanish kontseptsiyasi bilan belgilanadi va xalqaro ta'lim makonidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan. Xalqarolashtirishning ustuvor yo'nalishlaridan biri chet ellik talabalar ulushini oshirishdir. Xorijiy oliy o‘quv yurtlari va ilmiy markazlari bilan qo‘shma loyihalar ishlab chiqish, xorijiy oliy o‘quv yurtlarida dars beruvchi ilmiy-pedagogik xodimlar sonini ko‘paytirish, ikki tomonlama diplom berish bilan xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini ko‘paytirish.

    Ilmiy va ta'lim sohasidagi hamkorlik bo'yicha 30 dan ortiq mavjud shartnomalar doirasida, davlat va xalqaro tashkilotlar, xorijiy universitetlar va tadqiqot markazlari bilan Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro aloqalarni rivojlantirayabdi. Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika va MDH mamlakatlari universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish akademik mobillik va qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan.

    Har yili xalqaro aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish maqsadida xorijiy yuqori malakali mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar, talabalar, o‘qituvchilar va tibbiyot xodimlarining Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurishi , hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, malaka oshirish, ilmiy tadbirlarda ishtirok etish doimiy ravishda amalga oshirilishio'sib bormoqda. Samarqand davlat tibbiyot universiteti butun dunyo bo'ylab ilmiy va akademik jamiyati, universitetlar, jamoat tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikni rivojlantirishga intiladi. Institut eshiklari xorijlik abituriyentlar, talabalar, stajyorlar va o‘qituvchilar uchun ochiq.

    Hamkorlik geografiyasi: Kafedra 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari, yaqin va uzoq xorijning ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi va aloqalarni davom ettiradi.