Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  1933 yilda Respublika shifoxonasining terapiya bo‘limi bazasida fakultet terapiya kafedrasi tashkil qilingan. Yaratilgan kafedraga professor A.M. Krasnopolskiy rahbarlik qilgan.

Kafedrani tashkil qilgan professor

A.M.Krasnopolskiy unga 1935 yilgacha mudirlik qilgan.

Dotsent P.I. Denisova

Professor T.S.Mnatsakanov

Dotsent А.К. Odilov

Professor N.A. Mirzoyan

Dotsent N.A. Abdullayev

Professor G.H. Haydarova

Professor N.M. Kamalov

 Professor E.S. Toirov

  Yillar davomida kafedra nomi va kafedra mudirlari o’zgargan. 1997 yilda kafedra umumiy amaliyot shifokorlar tayyorlash (6-7 kurslar uchun), 2012 yilda ichki kasalliklar, ftiziatriya kursi bilan kafedrasiga, 2020 yildan 1-sonli ichki kasalliklar kafedrasiga o'zgartirildi. Kafedraga har doim taniqli tibbiyot olimlari rahbarlik qilgan, masalan, dotsent P.I. Denisova, professor T.S. Mnatsakanov, dotsent A.K. Odilov, professor N.A. Mirzoyan, dotsent N.A. Abdullaev, professor G.X. Xaydarova, professor N.M. Kamalov va professor E.S. Toirov.

  Zamonaviy ichki kasalliklar klinikasida ishlash uchun shifokor nafaqat o'z sohasida (kardiologiya, pulmonologiya, gastroenterologiya, revmatologiya, nefrologiya va h.k.) yuqori malakali mutaxassis bo'lishini, balki tegishli tibbiyot fanlarida deyarli har kuni professionallik ko'rsatishni talab qiladi.

  Ichki kasalliklar kafedrasining yuqori ilmiy va o'quv salohiyati yillar davomida uning xodimlari (professorlar, dotsentlar, assistentlar) ning faol tibbiy va ilmiy ishlari bilan qo'llab -quvvatlandi.

tibbiyot fanlari doktori, dotsent Sh. X. Ziyadullaev

  Hozirgi kunda kafedra mudiri Sh.X. Ziyadullaev. Shuhrat Xudayberdiyevich Ziyadullaev 1976 yilda Samarqand shahrida tug'ilgan. Ziyadullaev Sh.X. 2000 yilda Samarqand Davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. 2000 yildan 2003 yilgacha aspiranturada o'qigan, 2010-2013 yillarda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Immunologiya institutida doktoranturani tamomlagan. 2006 yilda tibbiyot fanlari nomzodi, 2014 yilda tibbiyot fanlari doktori (ilmiy rahbar va maslahatchi - professor N.M. Xaitova) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini himoya qilgan.

  2002 yildan 2010 yilgacha Samarqand davlat tibbiyot institute umumiy amailyot shifokorlarini tayyorlash 2 - sonli terapiya kafedrasi assistenti, 2013 yildan 2017 yilgacha - Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ichki kasalliklar, farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi mudiri, 2017 yildan 2018 yilgacha - Toshkent davlat stomatologiya instituti stomatologiya va yuz –jag’ jarrohligi ilmiy -amaliy markazining katta ilmiy xodimi, 2018 yildan 2020 yilgacha - O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti ilmiy kotibi, 2020 yildan SamDTI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.