×
Menu
Close Menu

Fakultet tarixi

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Tibbiy pedagogika, oily hamshiralik ishi va xalq tabobati fakulteti 2005 yilda institut rektori А.M.Shamsiev tashabbusi bilan ochilgan. Bunday fakultetlar respublikada Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343 – sonli qaroriga muvofiq umumiy amaliyot shifokorlarni, shuningdek, tibbiyot kolledjlari va institutlari uchun shifokor-oʼqituvchilarni tayyorlash uchun tashkil etilgan. 2005 yilda 50 ta talaba 1 kursga qabul qilindi va ular uchun 1 sentyabrdan oʼqish boshlandi. Taʼkidlash joizki, fakultetda 2012 yilda 50 nafar bitiruvchi-shifokorlardan iborat boʼlib, ulardan 4 nafari imtiyozli diplom bilan taqdirlangan. Fakultet tashkil etilgan kundan boshlab, taʼlim sifatini oshirish boʼyicha koʼp ishlar qilindi, amaliy mashgʼulotlar oʼtkazishning yangi usullari oʼzlashtirilmoqda. sammi.moodle.uz elektron taʼlim tizimida fanlarni o'zlashtirish uchun barcha zaruriy materiallar yaratilgan va talabalarni oʼqitish va bilimini monitoring orqali nazorat qilish uchun testlar banki, rasmli va vaziyatli masalalar testlari yaratilgan.
  Fakultet kafedralarida 5ta oʼquv va klinik bazalar, 6ta maʼruza zallari, 30 dan ortiq oʼquv xonalari mavjud. Shuningdek, oʼquv jarayoni oʼtadigan kasalxonalar, klinikalar, kompyuter va oʼquv xonalari zamonaviy oʼquv mebellar, kompyuterlar, multimediya proektorlari bilan jixozlangan. Kafedralar amaliy koʼnikmalarni rivojlantiradigan fantom sinflar bilan jixozlangan. Oʼquv va ilmiy ishlarni bajarish uchun barcha kafedralarda mavjud kompyuterlar internet tarmoqlariga ulangan.
  Bugungi kunda fakultetning 1 dan 6 kursgacha taxsil oluvchi studentlarning soni 622 nafarni tashkil qiladi. Xar yil fakultetga 100 dan ortiq student qabul qilinadi.
  Oʼquv jarayonining shakli va metodlari muntazam ravishda yangilanadi va takomillashtiriladi. Oʼzbekiston taʼlimini Yevropa taʼlim xududi bilan integratsiyalash maqsadida, fakultetda 6 yildan beri Boloniya oʼquv jarayoniga muvofiq kredit – modul tizimi buyicha taʼlim olmoqdalar. Shu maqsadda, pedagogik jarayonda studentlarning mustaqil tayyorlanishi, test masalalarini yechish, amaliy koʼnikmalarni oʼzlashtirish kabi usullarga kuproq ahamiyat beriladi. Reyting tizimi talabalarning individual tayyorgarligini hisobga olgan xolda, oʼqitish va nazorat qilish usullaridan yanada ijodiy foydalanishga imkon beradi.
  Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari olib borishlariga ham katta eʼtibor beriladi. Ilmiy izlanish natijalari boʼyicha materiallar fakultet ilmiy kengashlarida, konferentsiyalarda hisobot beriladi va qilingan ishlar ilmiy toʼplamlarda nashr etiladi. Ilmiy izlanishlar natijalariga koʼra nomzod stipendiyalar tayinlanadi. Magistratura va rezidenturaga qabul tanlov asosida oʼtkaziladi.
  Eng yaxshi talabalar Oʼzbekiston Prezidentining stipendiyasi, Ibn Sino nomidagi davlat stipendiyasi va boshqa nomzod stipendiyalar bilan taqdirlanadilar.
  Fakultetda studentlar ishlab chiqarish amaliyotini quyidagi yunalishlar buyicha oʼtadilar: kichik xamshira, xamshiralik ishi, kasalxona shifokorining yordamchisi, kasbiy pedagogika va psixologiya.

  Fakultetda murabbiylik instituti xam samarali faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Studentlar oʼrtasida tarbiyaviy ishlarni takomillashtirish maqsadida, studentlar akademik guruxlariga institut professor oʼkituvchilaridan murabbiylar tayinlangan. Zamonaviy jamiyatda, xayot faoliyati soxalarida jismoniy kamolotni jadallashgani bilan ajralib turishiga qaramay, uz – uzini shaxs sifatida tasdiqlashga asoslangan ijtimoiy va psixologik tushunchalar, muloqot zarurati, usmirning ulgʼayishiga intilishi, yangi dunyoqarashni shakllantirishga olib keladi.
  Bitiruvchi kurslarni davlat attestatsiyasiga tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Oxirgi yillar davomida bitiruvchi studentlar amaliy yunaltirilgan bitiruv imtixonlarini topshiradi, shunga mos ravishda fakultet va bitiruvchi kafedralar xodimlari katta xajmda tashkiliy va metodik ishlarniolib boradilar.
  Fakultet oʼquvjarayonini studentlarga yuqori pedagogik maxorat bilan oʼtkazilishiga respublikaning, MDX va xorijiy mamlakatlarning yetakchi universitetlari va ilmiy tadqiqot institut professorlari ishtirokidagi maʼruzalar va oʼtkazilayotgan klinik konferentsiyalar yordam beradi.

    Fakultetning shakllanishi va rivojlanishida qoʼyidagi dekanlar oʼz xissalarini qoʼshganlar: professor Shavazi Nurali Mamedovich (2005-2007 yy), sub tibbiyot va patologik anatomiya kafedrasining dotsenti Аbdullaev Baxtiyor Saidovich (2007-2012 yy), jarroxlik kafedrasi dotsenti Ruzibaev Sanjar Аbdusalomovich (2012-2017 yy), tibbiyot fanlari doktori, dotsent Oripov Firdavs Surʼatovich (2018-2020 yy), 2020 yil fevral oyidan boshlab fakultetga tibbiyot fanlari nomzodi Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich rahbarlik qilib kelmoqda. Uning oʼrinbosarlari biofizika, informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi o`qituvchisi, texnika fanlari nomzodi Urakov Shokir Ulashovich, Urunov Baxodir Muminovich va biofizika, informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi katta uqituvchisi Burxonov Baxtiyor Nabievich, fakultet inspektori – Xolova Salomat Mamatovna.