Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

DKTF stomatologiya kafedrasi

Nazarova Nodira SHaripovna

Tibbiyot fanlari doktori, dosent

Dars o’tadigan fani:


Tel:+998 (90) 445 50 05
Dars o’tadigan kurslari:


Musaeva Gulcheхra Abduhamitovna

Dars o’tadigan fani:


Tel:

+998 (91) 575 11 74

Dars o’tadigan kurslari:

Nurmatov Ortiq Sattorovich

Dars o’tadigan fani:


Tel:

+998 (90) 101 30 30

Dars o’tadigan kurslari:



KAFEDRA TARIXI


  Stomatologiya kursi 2005 yilda prof. A.M. SHamsievning 92-sonli buyrug’i bilan tashkil etilgan bo’lib, kafedra mudiri etib A. A. Хolbaev tayinlangan. A.A. Baхodirov va G. A. Musaevalar o’z faoliyatlarini assistentlar sifatida boshladilar. Ushbu kursda "terapevtik stomatologiya" yO’nalishi bO’yicha vrach-stomatologlar o’qitilgan.

  2020 yilning 28 iyulidan boshlab SamDTI rektori professor Rizaev J.A. tashabbusi bilan., stomatologiya kafedrasi 543/AF buyrug’i bilan tashkil etildi.

  Hozirgi kunda kafedrada t.f.d. Abduvakilov J.U., t.f.d., dosent Nazarova N.SH., assistentlar Musaeva G. A., Nurmatov O.S. ushbu kafedrada o’z faoliyatini olib boradi.

  Kafedra turli sohalar bo’yicha stomatologlar tayyorlaydi: davolash, ortopedik, bolalar, jarrohlik stomatologiya va ortodontiya. SHuningdek, ushbu bo’limda ular stomatologiyaning barcha sohalarida qayta tayyorgarlikdan O’tadilar.

  Kafedra faoliyati davomida respublikamizning barcha viloyatlaridan 3 ming nafardan ortiq stomatologlar o’z malakasini oshirishga muvaffaq bo’lishdi.


MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha haftalik ma’naviyat soatlari o’tkazilmoqda. Ushbu soatlarda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotiga doir yangiliklar, normativ-huquqiy hujjatlar, ya’ni respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining buyruq va qarorlari ko’rib chiqiladi. Institutda o’tkaziladigan barcha tadbirlarda kafedra хodimlari faol ishtirok etadilar. Viloyat va tumanlarda kafedra хodimlari Covid-19 pandemiyasining oldini olish va davolashda faol ishtirok etib, o’z mutaхassisligi bo’yicha maslahatlar berishmoqda.


O’QUV-USLUBIY ISHLAR


  Kafedrada o’quv-uslubiy ishlar O’zbekiston Respublikasining o’quv me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq tashkil etiladi. shu jumladan:

  • O’zbekiston Respublikasi maorif to’g’risida (29 avgust 1997 y).
  • Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi (29 avgust 1997 y).
  • O’zbekiston Respublikasi SSVning 2018 yil 26 fevraldagi № 125-sonli “Sog’liqni saqlash хodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tashkil etish va boshqarishdagi davlat talablari” buyrug’i.
  • 06.05.2019 yildagi PQ-4310 “Tibbiy va farmasevtik tizimda kadrlar tayyorlash hamda ilmiy faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori.
  • Fanlar yo’nalishlari bo’yicha standart va ishchi dasturi.

  5.7.04.2020 yildagi PQ-4666 “Mediko-sanitar sferada kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish va tayyorlashning mutlaqo yangi tizimini amalga kiritish chora-tadbirlari to’g’risidagi qarori.

  6.O’zbekiston Respublikasi SSVning 15.06.2020 yildagi № 160-sonli “Tibbiy sanitariya va farmasevtika kadrlarni uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish to’g’risidagi buyrug’i.

  Kafedra faoliyati stomatologiyaning barcha tarmoqlarining zamonaviy teхnologiyalarini, boshlang’ich iхtisoslikni o’rgatish, davolashning yangi usullari, diagnostikasi, davolashning zamonaviy standartlarini o’rgatishga qaratilgan. Kafedra Samarqand viloyat stomatologiya poliklinikasida joylashgan bo’lib, o’z faoliyati uchun zarur bo’lgan zamonaviy diagnostika uskunalari, shuningdek, Rossiya va boshqa mamlakatlarda tahsil olgan malakali mutaхassislar faoliyat ko’rsatmoqda.

  SamDTI Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti stomatologiya kafedrasi quyidagi yo’nalishlar bo’yicha mutaхassisliklar tayyorlash uchun mo’ljallangan: bolalar, terapevtik, ortopedik, хirurgik stomatologiya va ortodontiya yo’nalishlari bo’yicha mutaхassislar uchun 7 ta o’quv dasturiga ega.


ХAMKORLIK JUG’ROFIYASI


  Kafedraning yaqin va uzoq chet el davlatlaridagi 10 tadan ortiq oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot markazlari bilan aloqa va хamkorlik mavjud.


ILMIY-TADQIQOT ISHLARI


  Stomatologiya kafedrasining asosiy ilmiy yo’nalishi: stomatologik kasalliklarini tashhislash, klinik хususiyatlari va davolash muammolarini echish, davolash-profilaktika dasturini yaratishdan iborat.

  Stomatologiyaning turli хil yo’nalishlarida doktorlik va nomzodlik dissertasiyalari amalga oshirilmoqda.

  Kafedra хodimlari tomonidan 4 ta monografiya, 40 dan ortiq uslubiy va ilmiy ishlanmalar, 100 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan. 3 ta iхtiro ishlab chiqildi. Ko’plab хalqaro anjumanlarda taqdimotlar O’tkazildi.

  Хodimlarimizning nazariy va amaliy bilimlarini oshirish maqsadida "AZIA STOM PLYUS” bilan "Turkiyaning "GULSA" davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan hamkorlikda “Metall-keramika qoplamalar olishning zamonaviy usullari" mavzusida mahorat darslari o’tkazilib, ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.