×
Menu
Close Menu

Ilmiy to'garak

    Pediatriya fakulteti oftalmologiya kafedrasida tashkil qilingan “Yosh oftalmologlar” ilmiy to'garagiga 2023-2024 o'quv yilida 15 nafar talaba, 3 ta klinik ordinatorlar a'zo qilib olingan va ularning barchasi doimiy ravishda kafedrada o'tkaziladigan to'garakda faol qatnashib kelmoqda. Har bir talaba kafedra o'qituvchilariga biriktirilgan va «ustoz-shogird» an'analariga muvofiq ilmiy izlanishlarda faol qatnashib kelmoqda.

  O'quv yili davomida 20 marta ilmiy to'garak yig'ilishlari o'tkazildi.. Ilmiy to'garakga a’zo talabalarga ilmiy–tadqiqot ishlarini olib borish, birlamchi hujjatlarni to'plash, ularni qayd qilish va yuritish tartibi haqida malumotlar berildi. Ilmiy maqola va tezis tayyorlash, ularning turlari, tarkibiy qismlari, ilmiy adabiyotlar bilan ishlash qoidalari, materiallarni yig'ish va ularni ustida ishlash uslublari, tadqiqotning natijalari va muhokamasi, ularni chop etish tartib qoidalari to'g'risida master-klasslar o'tkazildi. Shuningdek, to'garak qatnashchilari bo'limlarda operatsiyalar va bog'lov zonalarda faol ishtirok etishdi.

    Mahalliy va Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyalarda ishtirok etish, talabalarning oratorlik qobiliyatini shakllantirish, bajarilgan ishlar samarasi va ilmiy ishlar natijalari tahlil etildi.Bundan tashqari har bir to'garakda talabalar aloxida mavzulardan chiqishlar qilishib, amaliyot tarzda operatsiyalar va bog'lov xonalarda faol ishtirok etadilari shuningdek,talabalar amaliy ko'nikmalar bilan mustaqil shug'ullanishadi.

    2022-2023 o'quv yili davomida kafedramiz iqtidorli talabalari ustozlari bilan birga bir nechta mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda tezis va maqolalar chop etishdi va sertifikatlarni qo'lga kiritishdi.

    Kafedraning yosh olimlar xalqaro anjuman “Posledniye tendentsii v odlasti nauki i obprazovaniya”da (Neftekamsk, Bashkortostan) qatnashdilar (A.M.Kadirova, G.E.Tulakova. D.A. Otamurodov Primeneniye zakrыtoy vitreoektomii v lechenii travmaticheskix gemoftalmov” nomli maqola bilan ishtirok etishdi.

    Boboyev S.A. Kosimov R.E.  “Problems in the Surgical Treatment of concomitant Strabismus” (Eurasian Medical Research Periodical)

    Kosimov R.E. “Surgical treatment of joint horizontal strabismus” (World Bulletin of Public Health)

    Yusupov A.A. Khamrakulov S.B. Kosimov R.E. “Interrelation of functional and anatomical and optical parameters of the eye in congenital myopia” (Web of scientist: international scientific research journal)

    Boboyev S.A. Boboyev S.S. Kosimov R.E. “Micropulsed transscleral cyclophotocoagulation in the complex treatment of refractory glaucoma” (Frontline medical sciences and farmaceutical journals) 4 ta maqola (Scopus  jurnalda 3 ta) chop etildi.

    Kafedra tayanch doktorant G.E.Tulakova xalqaro anjuman “Posledniye tendentsii v oblasti nauki i obprazovaniya”da (Neftekamsk, Bashkortostan 31.01..2022 y.da bo'lib o'tgan “maqolalari bilan qatnashidilar va chop etildi. 3 kurs magistratura rezidenti Musoyev S.T.ning maqolasi Scopus jurnallarida nashr qilindi.

    520 gurux talabasi Xolmatov Ixtiyer SamGMU 76-konferentsiyada ma'ruza bilan qatnashdi.

    20.05.2022 y. da SamDTU.da o'tgan «Dostijeniya fundamentalnoy, prikladnoy meditsini i farmatsii» 76-xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiyaga TIJ a'zolari tomonidan jami 4 ta tezis yuborildi. Davolash fakulteti 520 gurux talabasi Xolmatov Ixtiyor ass. A.V.Vasilenko raxbarligida va MBBS talabasi Sachin Kumar  Subkhan Singh ass. F.M.Xamidova raxbarligida dokladlar bilan qatnishdilar va faxrli 1-o'rinlarni olishdi. Xolmatov Ixtiyor ham Buxoro davlat meditsina instituti tovmondan “Avitsenna izdoshlari” tashkil etilgan  olimpiada intirok etdi ( raxbar t.f.n. ass. A.V.Vasilenko) . Hamda Toshkent meditsina Akademiyasi tomonidan tashkil qilingan xalkaro talabalarning olimipiadasi ( raxbar G.E.Tulakova) ishtirok etdi.

    2023 yilda to'garak a'zolari soni 14 kishini tashkil etdi. Majlislar tasdiqlangan rejaga muvofiq oyiga 3-4 marta o'tkazildi.

    Uchrashuvlarda tanlangan mavzular dolzarb edi, talabalar mustaqil ravishda klinik materiallarni to'plashdi, ularni statik ishlov berishdi va natijalarni jurnal maqolalari va tezislar shaklida tuzishdi. Shuningdek, ular to'garak yig'ilishlarida o'z nutqlarining taqdimotlarini mustaqil ravishda tayyorlashdilar.

    Kafedra va talabalar to'garagi rahbariyati yig'ilishlar nafaqat nazariy ishlanmalar va ma'ruzalar bilan cheklanib qolmasdan, balki bemorlarni mustaqil ravishda tekshirib, zamonaviy diagnostika va davolash uskunalarida ishlash ko'nikmalarini egallashga harakat qilishdi. U diabetik retinopatiyani davolash uchun zamonaviy lazer koagulyatorini namoyish etdi.

Umax ultratovush skanerining ( AQSh)va optik-kogerent tomografiyasiningko'zning turli bo'limlarining uchun diagnostika imkoniyatlari namoyish etildi.

    To'garak a'zolari o'z tadqiqotlari natijalarini, shu jumladan scopus bazasiga kiruvchi nufuzli xalqaro nashrlarda faol nashr etishdi. Masalan, D. S. Babayev "oftalmologiya Sharqiy Evropa " 2023 yil 13-jild.-N 1.- sahifa 16-29 va bir qator rus va Belarus davriy nashrlarida jurnalida maqola chop etdi.Ushbu to'garak faoli, shuningdek, jonli jarrohlik va Vetlab formatida ko'z mikroxirurgiyasi ko'nikmalarini o'rgandi

    To'garak a'zolari xalqaro ishtirokida har yili o'tkaziladigan 77 ta talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok etdilar. Talaba Bazarova Vazira (ass rahbari. G. E. Tulakova) 3 – darajali diplomni, talaba Bahodirova Malikani ( rahbari-dotsent A. M. Kadirova) 3-darajali diplom oldi. Shuningdek, talaba Jabbarova Dilora (rahbari dots. A. V. Vasilenko) eng yaxshi klinik fikrlash uchun diplom, talaba Jurakulov Jasur (rahbari -dotsent A. M. Kadirova) 1-darajali diplomga sazovor bo'ldi.

    Oftalmologiya kafedrasining to'garaklari faol ishtirok etdilar va boshqa Oliy o'quv yurtlari tomonidan o'tkaziladigan xalqaro olimpiadalarda mukofotlar sazovor bo'ldilar. Masalan, talaba Islombek Yaxshinorov( rahbari-Tulakova G.E.) Toshkentda professor T. G. Ilyina xotirasiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada 3-darajali diplom, shuningdek, TMA olimpiadasida 2-darajali diplomga sazovor bo'ldi. Talaba Xolmatov Ixtiyor (rahbari-dots. D. Z. Jalolova va dots. A. V. Vasilenko) Buxoro tibbiyot instituti tomonidan o'tkaziladigan xalqaro talabalar olimpiadasida of-layn ishtirok etdi.To'garak a’zolari Samarqand -2020 Olimpiadasida ham faol ishtirok etishdi.