×
Menu
Close Menu

Fakultet ilmiy – tаdqiqot ishlаri

  1-son davolash fakulteti kafedralarining xodimlari ilmiy – tadqiqot ishlarida faol ishtrok etib kelishmoqda. Oʼtkizilayotgan tadqiqotlarning ilmiy- texnik saviyasi yuksak metodik va zamonaviy darajada.

  Fakultet professor – oʼqituvchilar jamoasiining tibbiyot ilm - fanini yuksalish (rivojlanish)ida “Ona va bola salomatligini himoyalash” muammosi boʼyicha ilmiy - tadqiqot ishlari katta ahamiyat va salmoqli ulushga ega. Bunda, regional oʼziga xoslik inobatga olingan holda, ayollar va bolalarni tashxislash, profilaktika va davolash ishlari hududga muvofiq olib boriladi. Oʼtkizilgan tadqiqotlar natijalari amaliyotda oʼz oʼrnini topadi va davolash profilaktika chora-tadbirlarining sifatini oshiradi.

  Fakultetning 70 dan ortiq pedagog - oʼqituvchilar chet eldagi yirik markazlarda oʼz malakasini oshirishdi, koʼplab oʼqituvchilarimiz nufuzli halqaro konferentsiya ishlarida ishtrok etishib, oʼz chiqishlarining dolzarbligiga eʼtiborni tortdilar. Fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari halqaro, respublika va mahalliy nashriyotlarda nashr qilib boriladi.

  Studentlarni ilmiy tugarak ishlarida (SNO) qatnashishi – Fakultet ish jarayolarining ajralmas qismi xisoblanadi. Toʼgaraklarda 740 nafar studentlar faol ishtirok etmoqda. Ularning ilmiy – tadqiqot materiallari har yili yosh olimlar konferentsiyalarida maruza qilinadi, eng yaxshi ishlar oliy oʼquv yurtlararo konferentsiyalarga yuboriladi va har yili 15 – 20 ta sovrinli oʼrinlarni egallab kelmoqda. Bular, diplomgacha taʼlimni yakunlashida dekanatga studentlarni nomdor stependiyalarni tayinlashda doktaranturaga kirishda chet ellarda tajriba orttirishga tavsiya berish jarayonlarda-inobatga olinadi.

“Zamonaviy tibbiyot va farmatsevtika: yangi yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar” talabalar va yosh olimlar anʼanaviy 75 -Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtiroki