Ta’lim turi: Bakalavriat
Mutaxassisligi: 5510100-davolash ishi
Malaka: Yoʼnalishlar boʼyicha tibbiyot doktori (davolovchi vrach)
O'qish muddati: 6 yil
Ta'lim shakli: Kunduzgi
Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus tili, Ingliz tili
Fakultet kvalifikatsiyasi: 5510100 - Davolash ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
- sog’liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish;
- aholi orasida keng tarqalgan o’tkir va surunkali kasalliklar bo’yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
- shoshilinch yordam ko’lami bo’yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish hamda amaliyotda qo’llash;
- tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan kasalliklar hamda muommolar bo’yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo’lish va faoliyati davomida ular to’g’risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish;
- aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar bo’yicha zamonaviy tashxislash va davolash standartlarini maqsadga yo’naltirilgan holda amaliyotda qo’llash;
- reabilitatsiya choralari talab qilinadigan holatlarda, ularni aholiga zarur bo’lgan darajada qo’llash chora-tadbirlarini o’z vaqtida amalga oshirish ;
- aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo’lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish;
- sog’liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtrok etish;
- tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan muommolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish;
- tezkor va shoshilinch tibbiy yordam;
- tashhislash va davolash;
- reabilitatsiya;
- tibbiy-ijtimoiy;
- tashkiliy- boshkaruv;
- ilmiy-tadqiqot.