Bugungi kunda kafedra bajaradigan ilmiy tadqiqot ishlari rejalashtirilib, xalqaro standartga javob beradigan muammolar bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borish mo‘ljallangan. Hozirgi kunda kafedrada uch yo‘nalish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda, bu ishlarda kafedraning hamma xodimlari faol qatnashmoqda.
- Fizika va biologik fizika fanlarini O‘zbekiston Respublikasi Tibbiyot institutlarida o‘qitish jarayonidagi muammolar. (Uraqov Sh.U., Sodiqov N.O., Burxonov B.N., Jalilov M.X., O’sarov A.A., , Temirov F.N., Xamroev J.X., Axrorov M.N., Xudoyqulova SH.N., Ergashev A.J., Nabiyev A.A.)
- Qon va qon tarkibiga kiruvchi makro va mikro elementlar miqdorini o‘rganish. Muammo №0110/1110/14. (Uraqov Sh.U., Sodiqov N.O., Burxonov B.N., Jalilov M.X., O’sarov A.A., , Temirov F.N., Xamroev J.X., Axrorov M.N., Xudoyqulova SH.N., Ergashev A.J.)
- Odam organizmiga tashqi muhit faktorlari ta’sirini, kunlik yutilgan radiatsiya miqdorini RBE aniqlash. (Uraqov Sh.U., Sodiqov N.O., Osarov A.A.)
«Fizika, biofizika va tibbiy fizika»kafedrasining professor-o‘qituvchilari SamDU, O‘zR FA yadro fizikasi instituti, O‘zR FA «Fizika-Quyosh» IICHB FTI, ToshDTA, ToshDPTI va Moskva Tibbiyot universitetlari bilan birgalikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
2005 yil 28 mayda «Fizika, biofizika va tibbiy fizika» kafedrasi xodimlari tomonidan «Sihat-salomatlik yili» va Samarqand Tibbiyot instituti 75 yilligi oldidan «Fizika, biofizika va tibbiy fizika» kafedrasining 75 yilligi munosabati bilan ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
2008 yilning 29 aprelida assistent O‘sarov A.A. «3.25 A GeV/s impulsli 16Or-to‘qnashuvlarida 3N va 3Ne yengil ko‘zguli yadrolari hosil bo‘lish mexanizmlari» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvoffaqqiyatli himoya qildi.
Kafedra mudiri, dotsent Uraqov Sh.U. nomzodlik dissertatsiyasini 2018 yil 28 aprelda - Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Gibrid intellektual tizimlarda kollegial diagnostik qarorlarni qabul qilishning algoritmlari va usullari» mavzusida 05.01.02–«Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash» (texnika fanlari). ixtisosligi bo‘yicha himoya qildi.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan 500 dan ortiq ilmiy nashrlar amalga oshirilgan.