×
Menu
Close Menu

Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti

  • Ta’lim turi: malaka oshirish va ixtisoslashtirish
  • O'qish muddati: 1 oy
  • Ta'lim shakli: kunduzgi
  • Ta’lim tili: O’zbek tili,
  • Fakultet kvalifikatsiyasi: Shifokorlarni malaka oshirish faoliyatida quyidagilarni qamrab oladi:

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi vrachlar malakasini oshirish fakulteti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan 2021 yil 30 aprelda Akkreditatsiyadan o‘tgan va Guvohnoma MO 7000019 berilgan.

  Malaka oshirish fakulteti joylashgan manzili: Samarqand shahri, A,Temur ko‘chasi, 18-uyda joylashgan.

Fakultetning asosiy maqsad va vazifalari:

-shifokorlarni malakasini oshirish,

-qayta tayyorlash,

-ixtisoslashtirishdan iborat.

  Malaka oshirish – 144 kredit (1-oy), 72 kredit, 36 kredit, 18 kredit, soatlardan iborat.

  Ixtisoslashtirish- 216 kredit (1,5 oy), 504 kredit (3,5 oy), 720 kredit (5 oy), 792 (10 oy) kredit va 864 kredit (6 oy).

  Malaka oshirish fakulteti bo‘yicha professor-o‘qituvchilar soni - 105 nafar, shundan asosiy shtatda 71 nafar, o‘rindosh 34 nafar, ilmiy salohiyat 53% tashkil etadi.

  • sog’liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish;
  • aholi orasida keng tarqalgan o’tkir va surunkali kasalliklar bo’yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • shoshilinch yordam ko’lami bo’yicha zarur nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lish hamda amaliyotda qo’llash;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan kasalliklar hamda muommolar bo’yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo’lish va faoliyati davomida ular to’g’risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish;
  • aholi orasida keng tarqalgan kasalliklar bo’yicha zamonaviy tashxislash va davolash standartlarini maqsadga yo’naltirilgan holda amaliyotda qo’llash;
  • reabilitatsiya choralari talab qilinadigan holatlarda, ularni aholiga zarur bo’lgan darajada qo’llash chora-tadbirlarini o’z vaqtida amalga oshirish ;
  • aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo’lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish;
  • sog’liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtrok etish;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan muommolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish.

    Malaka oshirish yo’nalishi bo’yicha kasbiy faoliyatlarining turlari

  • Tibbiy profilaktik;
  • tezkor va shoshilinch tibbiy yordam;
  • tashhislash va davolash;
  • reabilitatsiya;
  • tibbiy-ijtimoiy;
  • tashkiliy- boshkaruv;
  • ilmiy-tadqiqot.