×
Menu
Close Menu

Fakultet tarixi

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1980 yil 29 sentyabrdagi buyrug‘i bilan Samarqand Davlat Tibbiyot instituti tarkibida vrachlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash fakulteti tashkil etilgan. Fakultetning birinchi dekani etib Izrail Gavrilovich Priev tayinlandi. Keyin fakultetni boshqarish tibbiyot fanlari doktori, professor A.M. Aslanovga topshirildi (1983-1992).1992 yildan 1995 yilgacha fakultet dekani sifatida tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.A. Davidyan o‘z faoliyatini olib borib, 2007 yilgacha boshqargan. 1995 - 2008 yillarda vrachlar malakasini oshirish fakulteti neonatologiya kursining mudiri tibbiyot fanlari doktori, dotsent K.R. Dilmuradova fakultet dekani lavozimida ishlagan. 2008 yilda ushbu lavozimga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent L.R.Agababyan tayinlandi va u 2011 yilgacha faoliyat yuritdi. 2011 yildan 2015 yilgacha fakultetni tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent A.K.SHaxriev boshqargan.

  Samarqand davlat tibbiyot instituti rektorining 23.03.2017 yildagi 326 – y sonli buyrug‘iga binoan tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, ularning zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar va axborot texnologiyalari bilan ishlashda kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini doimiy ravishda yangilab turish, mahalliy va jahon tibbiyoti sohasidagi eng so‘nggi yutuqlardan samarali foydalanish maqsadida, Samarqand davlat tibbiyot institutining kadrlar potensiali va moddiy texnik bazasidan foydalangan holda, amaliy sog‘liqni saqlash mutaxassislarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida, fakultet kafedralari qayta tashkil etildi va Tibbiyot kollejlari pedagoglarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetiVrachlar malakasini oshirish fakulteti tarkibiga kiritildi hamda Vrachlar malakasini oshirish fakulteti nomi - Diplomdan keyingi ta’lim fakulteti, deb o‘zgartirildi.