×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

    Kafedrada pediatriya fakultetining 4, va 5-kurs talabalarini o’qitiladi. 4-kurs talabalariga “Fakultet xirurgiya” bo'yicha, 5-kurs talabalariga “Gospital xirurgiya” bo'yicha, tibbiy pedagogika va Tibbiy profilaktika fakultetlari 4-kurs talabalariga “Fakultet xirurgiya” bo'yicha dars beriladi.

    O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

    O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
    Kafedra kutubxonasi:
  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 30 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

    Talabalar mavzuga oid bemorlarni xirurgik bo’limlar xonalarida kuratsiya qiladilar, operatsion va bog‘lov xonalarida bevosita bemorlar bilan ishlash tashkil etilgan.

    2020-yil O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Fan va ta'lim bosh boshqarmasi tomonidan 24 ta o'quv-uslubiy tavsiyalar tasdiqlangan.