Kafedra xodimlari Rossiya Federatsiyasi Saratov tibbiyot universiteti xodimlari bilan hamkorlikda grant tuzilib, birgalikda ilmiy va amaliy ishlarni olib bormoqdalar.
Har yili hamkorlik muloqotlarni oʼrnatish, oʼqish, mahoratni oshirish, ilmiy anjumanlarda qatnashish maqsadida kafedraga Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina, Rossiya davlatlaridan mutaxassislar taklif qilinib, o‘zaro fikr va amaliyot almashish ishlari olib borilmoqda.
Pastdarg‘om tumani Abu Ali Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatlik texnikumida Samarqand Davlat tibbiyot unversititi Pediatriya fakulteti Xirurgik kasalliklari kafedrasi katta o‘qituvchisi A.S.Toirov tomonidan talabalar va o‘qituvchilariga “Oyoq venalari varikoz kasalligi va uni zamonaviy davolash usullari” mazusidan ma’ruza o‘qildi.