×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada Samarqand davlat tibbiyot universiteti bakalavriat 1- kurs davolash, pediatriya, stomatilogiya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, xalq tabobati fakulteti talabalari - tibbiy kimyo, 1- va 2 – kurs farmatsiya fakulteti talabalari “noorganik kimyo”, “analitik kimyo”, “organik kimyo”, “ fizik va kolloid kimyo”  fanlaridan dastur asosida taxsil olishadi.   Darslar o’zbek va rus tillarida bo’ladi. Bundan tashqari kafedrada халкаро MBBS fakulteti talabalariga tibbiy kimyo fani ingliz tilida olib boriladi. МББС fakulteti talabalari asosan Hindiston, Pokiston, Koreya davlatidan universitetimizga kelib ta’lim olayotgan talabalar hisoblanadi.

  Dars jarayoni kredit-modul sistemasida o‘tkaziladi. Barcha turdagi auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘quv ishlarini o‘z ichiga olgan o‘quv yuklamasining xajmi bir o‘quv yili uchun 60 kredit, bir semestr uchun 30 kredit qilib belgilangan. 1 kredit 30 akademik soat o‘quv yuklamasiga teng.

  Davolash, pediatriya, stomatologiya, tibbiy biologiya, tibbiy profilaktika, xalq tabobati fakulteti talabalari tibbiy kimyo fanida meditsinaning fundamenti bo‘lgan kimyoning tibbiyotdagi o‘rni, vazifalari, organizmda boradigan reaksiyalarning axamiyati, kimyoviy birikmalarning tibbiyotda va farmatsiyada ishlatishi xaqida tushunchaga ega bo‘lishadi. Talabalar laboratoriyada o’zlari mustaqil ravishda laboratoriya mashg’ulotlarini bajaradilar.

  Farmatsiya fakul’teti talabalari uchun esa noorganik kimyo, analitik kimyo, organik kimyo, fizik-kolloid kimyo fanlari tibbiyotda va farmatsevtikada ishlatiladigan moddalarning tarkibi, reaktsion qobiliyati, tarkib va miqdor jixatdan xossalari tushuntiriladi.

  Darslar zamonaviy jixozlar bilan ta’minlangan laboratoriyalarda o’tkaziladi. Darslar interaktiv usullar yordamida olib boriladi. Kafedrada barcha fanlar bo‘yicha Modul dasturi yaratilgan. Modul dasturi talabalarni mustaqil ishlashlari uchun juda katta yordamchi hisoblanadi. Modul dasturlarida xar bir mavzu bo‘yicha ma’ruza materiallari, amaliyot mashg‘ulotlari, laboratoriya ishlarining borishi, virtual laboratoriyalar, xar bir mavzu uchun nazorat savollari, nazorat testlari, situatsion masalalar, rasmli testlar qo‘yilgan. Talabalar o’z login-parollari orqali istalgan vaqtda modul programmasidagi ma’ruza materiallari, amaliyot va laboratoriya ishlaridan mustaqil foydalana olishadi.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Davlatstandarti;

– Malakatalablari;

– Moduldasturi

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Kafedrada telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, virtual laboratoriyalar - televizorlar, proektorlar yordamida, namoyish etiladi. Auditoriyalar interaktiv doska, televizor, proektorlar bilan ta’minlangan.