O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta tashabbus ijrosi yuzasidan kafedrada tahsil olayotgan talabalarda mustaqillik g'oyalari, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash har bir professor-o'qituvchilarning vazifasidir.
Kafedrada har hafta ma’naviyat darslari o’tiladi. Milliy bayramlar, tarixiy shaxslar va buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari doimiy nishonlanib kelinadi. Jumladan, bobolarimiz Mir Alisher Navoiy, Mirzo Bobur, Amir Temur, Mirzo Ulug’beklarni bosib o’tgan yullarini talabalarga yana bir bor eslatamiz. Al-Buxoriy, Al-Farg’oniy, Ibn Sino, al-Motrudiy kabi buyuk mutafakkirlarni avlodi ekanligimizni, ajdodlari buyuk Yurtni kelajagi buyuk ekanligini, ularning bosib o’tgan hayot yullarini o’rganish biz uchun katta hayot Darsi bulishini talabalarga tushuntiriladi. Biz bu ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz. "Mustaqillik bayrami", "Ustoz va murabbiylar kuni", "til bayrami", "Qurbon hayiti", "Vatan himoyachilari kuni", "xalqaro xotin-qizlar kuni", "Navro'z bayrami", "Xotira va qadrlash kuni" singari bayramlari ham keng nishonlanadi. Ushbu sanalarga bag'ishlab barcha guruhlarda davra suhbatlari o'tkaziladi.
Kafedra tomonidan yoshlarni kitobga bo‘lgan mexrini oshirish maqsadida “Kelajakni kitobdan izlang” nomli aksiya, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun talabalar yotoqxonasida kitobxonlik tadbirlari, shoirlar bilan, sportchilar bilan uchrashuvlar tashkil etiladi. Bu tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad talabalarimizni etuk manaviyat egasi bo‘lishida o‘z hissamizni qo‘shish.
Kafedra 2022-2023 o’quv yilida Samaqand viloyatining bir qancha tumanlaridagi maktablarga xam o’z yordamini ayamadi. Jumladan, Paxtachi, Narpay, Qo’shrabot, Tayloq, Oqdaryo, Pastdarg’om, Jomboy tumanlaridagi maktab kutubxonalariga badiiy kitoblar taqdim etildi, eng a’lochi o’quvchilar va ularning ota onalari rag’batlantirildi, jonkuyar o’qituvchilarga sovg’alar, tashakkurnomalar tashkil etildi. Paxtachi tumani 9- maktabga kimyo laboratoriyasi tashkil etib berildi, virtual laboratoriyalarni ko’rish uchun televizor topshirildi, eng a’lochi o’quvchilar uchun oylik stipendiya tashkil etildi.