×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  2021-2022 o‘quv yilida sentyabr oyidan boshlab, SamDTU ning yangi zamonaviy jihozlangan binoda o’quv jarayoni boshlandi, ushbu o’quv yilidan boshlab o’quv jarayoni 5-kunlik tizimga o’tkazildi. Odam anatomiyasi kafedrasiga davolash, tibbiy profilaktika, pediatriya,stomatologiya, tibbiy biologiya fakul'tetlari I-II kurs talabalari,I-kurs OHI va I-kurs xalq tobobati fakulteti talabalari o‘qitiladi. I-chi semestrda I-kurs talabalari tayanch-xarakat apparatini o‘rganib joriy va 1-modul baholashni topshiradilar. II-chi kurs talabalari markaziy va periferik asab tizimini,o‘rganib joriy va 3-modul baholash topshiradilar.

  2-chi semestr davomida 1-kurs talabalari ichki a'zolar, yurak qon tomir tizimini o’rganadilar va semestr oxirida 2-modul topshiradilar.

  Kafedrada ish yuritish ma'lumoti

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

1. Ma'ruzalar modul sistemasi bo‘yicha 2 soatdan har bir oqimga.

2. Amaliy mashg‘ulotlar har haftada bir marta 2-4 soatdan. Interfaol anatomik Pirogov stoli yordamida o’qitiladi.

3. Talabalarining mustaqil ishi har shanba kuni soat 08-00 dan to 14-00gacha. Navbatchi o‘qituvchi nazorati ostida.

4. Talabalarning o‘quv tadqiqot ishi-100% talabalar qatnashadi.

Kafedrada talabalar mustaqil ishini yo‘lga qo‘yilishi.

  Odam anatomiyasi kafedrasida talabalarning mustaqil ishlarining turlari quyidagilar:

1. Interfaol anatomik Pirogov stoli yordamida o’qitish.

2. Anatomik preparatlar va ko‘rgazmali qurollar orqali o‘rganish.

3. Ho‘l preparatlar tayyorlash.

4. Internet ma'lumotlaridan foydalangan holda referatlar yozish.

5. Yangi mavzulargainternet ma'lumotlar orqali tablitsalar tayyorlash.

6. Fan mavzulari bo‘yicha interaktiv o‘yinlar tayyorlash.

7. Krossvordlar tuzish.

8. Mavzu bo‘yicha treninglar tuzish.

  Talabalar bilimini baholash,talabalarni davomati va fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ma'lumotlari

  Odam anatomiyasi fani bo‘yicha talabaningbilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi OUMTVning 2010 yil 25 avgust № 333 sonli buyrug‘i bilano‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash reyting nizomi» ga muvofiq va institut rektorining 2013 yil 12 sentyabrdagi № 43 sonli «Institutda o‘quv mashg‘ulotlarini modul tizimida tashkil etish to‘g‘risida» gi,2013 yil 19 dekabrdagi «Institutda o‘quv mashg‘ulotlarini moodle.sammi.uz intranet elektron o‘qitish tizimida tashkil etish to‘g‘risida»gi№ 951/U sonli buyruqlari, hamda SamDMI ilmiy kengashining, 2016 yil 15 iyundagi № 9 sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan «Kredit - modul' tizimida o‘quv jarayonini tashkil etishda talabalar bilimini baholashva nazorat qilish uchuntavsiyanoma» asosida olib boriladi, va quyidagicha amalga oshiriladi.

  Talabalarning o‘quv jarayonini baholash tartibi.

  Baholash- bu talabalarning o‘quv jarayonini tugallash bosqichlaridan biri bo‘lib, talabaning o‘quv jarayonini o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi.Baholash jarayonini: og‘zaki so‘rov, test, yozma ish, amaliy ko‘nikmalar natijasi belgilaydi.

  Modul tizimi bo‘yicha baholash, joriy o‘quv jarayoni baholariva yakuniy modul nazorati natijalari yig‘indisi asosida, ananaviy 4-baholik sistema bo‘yicha qo‘yiladi.

  YaN o‘tkizish fakul'tet dekanati tomonidan tuzilgan grafik asosida institut ARMi kompyuterlarida MO‘M testlaridan foydalangan tarzida, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkiziladi va baholanadi .