Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

    Akusherlik va ginekologiya kafedrasi 1932-yil tashkil qilingan bo’lib, shu yilda birinchi kafedra mudirligiga Aleksandr Vasilyevich Polyakov tayinlandi va 1942 yilgacha kafedrani boshqardi.

A.V.Polyakov

    Bu davrda kafedra xodimlari tug’ruqni operativ olib borish usullarini mukammallashtirish, eklampsiyani oldini olish, bachadon yorilishlarining profilaktikasi, homilador ayollarda tuberkulyoz va bezgakni davolash muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib borishgan. (R.S.Mirsagatova, 1935, va boshq.). Bu vaqt mobaynida uning rahbarligida Ye.S.Akopyan 1937-yilda kandidatlik ishini va 1941-yilda doktorlik dissertasiyasini yoqladi.
    1942-yildan – 1949-yilgacha bo’lgan davrda kafedraga Yervan Sergeyevich Akopyan boshchilik qildi. U A.D. Stepanovaning kandidatlik dissertasiyasiga rahbarlik qildi.

Y.S.Akobyan

    1949 yilda Yevgeniya Iosifovna Ioffe-Golubchik kafedra mudirligiga saylandi va 1959 yilgacha kafedrani boshqardi.

Uning rahbarligida I.Z.Zokirov (1953), Z.M.Rasuli (1957), V.F.Farxadi (1957), M.A.Nabieva (1958), A.X.Abramovalar (1958) kandidatlik dissertasiyalarini yoqladilar.

E.I.Ioffe-Golubchik

    1959-yilda tibbiyot fanlari nomzodi I.Z.Zokirov kafedra mudirligiga tayinlandi va kafedraga 1999-yilgacha, ya'ni 40 yil davomida rahbarlik qildi.

I.Z.Zakirov

  Oltmishinchi yillarni boshida kafedraning asosiy ilmiy izlanishlari Botkin kasalligi bilan kasallangan ayollarda homiladorlik va tug’ruqni kechishi mavzusiga qaratildi. I.Z.Zokirov tashabbusi bilan sobiq ittifoqda birinchi bo’lib yuqumli kasalliklar shifoxonasida virusli gepatit bilan og’rigan homiladorlarni davolash uchun ixtisoslashgan bo’lim ochildi. U bu bo’limda ilmiy izlanishlarini davom ettirib 1965 yilda “Botkin kasalligini homiladorlik, homila va chaqaloqqa ta'siri” mavzusida doktorlik dissertasiyasini yoqladi. I.Z.Zokirovga 1967 yilda professorlik unvoni berildi.I.Z.Zokirov rahbarligida 52-ta kandidatlik va 5-ta doktorlik dissertasiyalar yoqlandi. 1995 yilda I.Z.Zokirov UzR FA akademigi lavozimiga saylangan.

  1999 yildan – 2017 yilgacha boshlab kafedraga t.f.d., dotsent N.I. Zokirova kafedra mudiri etib saylandi.

N.I.Zakirova

  Zakirova rahbarligida 5 ta kandidatlik dissertasiyasi yoqlangan. Ular tomonidan 270 ortiq ilmiy maqolalar O‘zbekiston va chet el nashriyotlarida chop etilgan. 46 ga yaqin tavsiyanomalar nashr etilgan.

    2018-yildan 1–son akusherlik va ginekologiya kafedrasini t.f.d., dotsent Xudoyarova Dildora Raximovna boshqarib kelmoqda.

D.R.Xudoyarova

    D.R. Xudoyarova 6 ta o’quv-uslubiy qo‘llanma, 6 ta uslubiy qo‘llanma, 160 dan ortiq ilmiy maqolalar yozgan. 2 ta ilmiy ixtirolar, 2 ta patent qo’lga kiritgan. «Повышение качества медицинского обслуживания в отдаленных регионах Узбекистана» innovatsion proyekt, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi “O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovasion loyihasi” II Respublika tanlovida o‘z innovatsion loyihasi bilan g‘olib bo‘lgani uchun Diplom bilan taqdirlangan.