×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari xirurgiyaning dolzarb muammolari sanalgan qizilo‘ngach kasallaiklari, qalqonsimon bezning xirurgik kasalliklari, qandli diabetning yiringli asoratlarini xirurgik davolash muammolari va kuyish jaroxatni davolash muammolari bo‘yicha olib borilmoqda.

  Kafedraning barcha xodimlari kafedra va institut ilmiy-tadqiqot ishlarida faol qatnashmoqdalar. Hozirgi kunda 7 nafar xodim mustaqil izlanuvchilar (Toirov A.S., Xudoynazarov O‘.R., Axmedov A.I., To‘xtayev J.Q, Yuldoshev F.Sh, Alimov J.I, Maxmudov S.B.) va 1 nafar xodim (Axmedov G‘.K.) bir vaqtning o'zida asosiy doktoranturada o'qiydi.

  So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 350 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan, shu jumladan, 2 ta o'quv qo'llanma, 5 ta monografiya, 2ta ixtiro uchun patent, 12 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 150 dan ortiq maqolalar.

Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan monografiyalar

Mualliflar

Chop etilgan qollanmaning nomi

1

A.S.Babajanov, A.S.Toirov, A.I.Axmedov

Qalqonsimon bezning yaxshi sifatli kasalliklarini xirurgik davolash

2

S.A.Abdullayev, A.S.Toirov, D.A.Djalolov

Qorin churrlari

3

З.Б.Курбаниязов, А.С.Бабажанов, А.Ф.Зайниев

Хирургия узлового зоба

4

A.S.Babajanov, G‘.K.Axmedov, J.Q.To‘xtayev, J.I.Alimov

Qorin old devori churralarining zamonaviy xirurgik davo usullari

5

A.S.Babajanov, A.S.Toirov, S.A.Ruziboyev, A.I.Axmedov

Oyoq venalarining varikoz kasalligi va uni davolash usullari