×
Menu
Close Menu

Fakultet klassifikatsiyasi

  Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakultetida to’rtta yo’nalish mavjud:

  1. Tibbiy profilaktika ishi
  2. Tibbiy biologiya ishi
  3. Fundamental tibbiyot
  4. Biotibbiyot muhandisligi

  Fakultet kvalifikatsiyasi:

  Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60910400 -Tibbiy profilaktika ishi

Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) - Gigiyena - epidemiologiya shifokori

O’qish muddati: 5 yil

Ta’lim shakli: kunduzgi

  Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60910600 -Tibbiy biologiya ishi

Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) - Fundamental tibbiyot mutaxassisi, Shifokor-laborant

O’qish muddati: 4 yil

Ta’lim shakli: kunduzgi

  Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60910700 - Fundamental tibbiyot

Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) - Fundamental tibbiyot mutaxassisi, Shifokor-laborant

O’qish muddati: 4 yil

Ta’lim shakli: kunduzgi

  Ta’lim yo’nalishi (Mutaxassislik) – 60711100 - Biotibbiyot muhandisligi

Ixtisoslik (Kvalifikatsiya) - Biotibbiyot muhandisi

O’qish muddati: 4 yil

Ta’lim shakli: kunduzgi

  Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  • sog’liqni saqlashni birlamchi tizimida tibbiy faoliyatni tashkil etish;
  • aholi orasida keng tarqalgan o’tkir va surunkali kasalliklar bo’yicha barcha turdagi profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tadbiq etish;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan kasalliklar hamda muommolar bo’yicha zamonaviy ma’lumot, bilimlarga ega bo’lish va faoliyati davomida ular to’g’risidagi ma’lumotlar bilan muntazam tanishib borish;
  • aholini ijtimoiy muhofaza qilishda uning uchun ma’sul bo’lgan tashkilotlar bilan hamkorlikda mavjud resurslardan unumli foydalanish;
  • sog’liqni saqlash birlamchi tizimining mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va ularni samarali boshqarishda ishtirok etish;
  • tibbiyot sohasida dolzarb bo’lgan muommolar bo’yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini talab darajasida olib borishda ishtrok etish;
  • tibbiy-ijtimoiy;
  • tashkiliy-boshqaruv;
  • ishlab chiqarish – texnologik faoliyati;
  • tashkiliy-boshqaruv texnologik faoliyati.