Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet ilmiy – tаdqiqot ishlаri

    Tibbiy profilaktika, jamoat salomatligi va tibbiy biologiya fakulteti kafedralarining xodimlari ilmiy - tadqiqot ishlarida faol ishtirok etib kelishmoqda.

    Fakultet professor - oʼqituvchilar jamoasining tibbiyot ilm - fanini yuksalishida profilaktik chora-tadbir ishlari hududlarda muvofiq olib boriladi. Oʼtkazilgan tadqiqotlar natijalari amaliyotda oʼz oʼrnini topadi va davolash profilaktika chora-tadbirlarining sifatini oshiradi.

    Fakultetning 10 dan ortiq pedagog - oʼqituvchilar chet eldagi yirik markazlarda oʼz malakasini oshirishdi, koʼplab oʼqituvchilarimiz nufuzli halqaro konferentsiya ishlarida ishtrok etishib, oʼz chiqishlarining dolzarbligiga eʼtiborni tortdilar. Fakultetning ilmiy tadqiqot ishlari halqaro, respublika va mahalliy nashriyotlarda nashr qilib boriladi.

    Fakultetda jami professor-o’qituvchilar 145 nafar bo’lib, shundan 4 nafar professor, 4 nafar t.f.d. dotsent, 10 nafar dotsent, 8 nafar katta o’qituvchi va 119 nafar assistent studentlarga ta’lim berib kelmoqda.