Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada II kurs xalq tabobati fakulteti talabalari “Farmakognoziya” fani, II kurs farmatsiya fakulteti talabalari “Farmatsevtik botanika” fani, III kurs farmatsiya fakulteti talabalari “Farmatsevtik texnologiya”, “Farmakognoziya” fanlari, IV kurs farmatsiya fakulteti talabalari “Dori vositalarining instrumental tahlil usullari” fani, V kurs farmatsiya fakulteti talabalari “Farmatsevtik biotexnologiya”, “Biofarmatsiya” fanlaridasturi asosida tahsil oladi.

  Kafedrada xalqaro qo`shma dastur farmatsiya fakulteti II kurs talabalari “Botanika” fani dasturi asosida tahsil oladi .

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Kvalifikatsion xarakteristika;

– Davlat standarti;

– O’quv dasturi;

– O’quv ishchi dastur;

– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;

– tasdiqlangan tashxis standartlari;

– xalqaro tavsiyalar;

– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:

  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud

Kafedrada ish yuritish ma'lumoti

– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

1. Ma'ruzalar modul sistemasi bo‘yicha 2 soatdan har bir oqimga.

2. Amaliy mashg‘ulotlar har haftada bir marta 2-4 soatdan. Interfaol usullar yordamida o’qitiladi.

3. Talabalarining mustaqil ishi har shanba kuni soat 08-00 dan to 14-00gacha. Navbatchi o‘qituvchi nazorati ostida.

4. Talabalarning o‘quv tadqiqot ishi-100% talabalar qatnashadi.

  Kafedrada talabalar mustaqil ishini yo‘lga qo‘yilishi.

  Farmakognoziya va farmatsevtik texnologiya kafedrasida talabalarning mustaqil ishlarining turlari quyidagilar:

1. Laboratoriya mashg`ulotlarini kafedradagi laboratoriya jihozlari va analizatorlar yordamida o’qitish.

2. Internet ma'lumotlaridan foydalangan holda referatlar yozish.

3. Yangi mavzularga internet ma'lumotlar orqali tablitsalar tayyorlash.

4. Fan mavzulari bo‘yicha interaktiv o‘yinlar tayyorlash.

5. Krossvordlar tuzish.

6. Mavzu bo‘yicha treninglar tuzish.

  Talabalar bilimini baholash, talabalarni davomati va fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ma'lumotlari.

  Farmatsevtik botanika, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, DVITU,biofarmatsiya va farmatsevtik biotexnologiya fanlari bo‘yicha talabaning bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 9-avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2018-son buyrug’i (Adliya vazirligidan ro’yxatdan o’tgan 2018-yil 26-sentyabr, 3069-son) bilan tasdiqlangan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi» Nizom hamda mazkur vazirlikning 2018-yil 29-sentyabrdagi 820-sonli buyrug’iga, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 2020-yil 8-sentyabrdagi “Tibbiyot va farmatsevtika oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi №236-sonli buyrug’i nizom asosida olib boriladi, va quyidagicha amalga oshiriladi.

  Talabalarning o‘quv jarayonini baholash tartibi.

  Baholash- bu talabalarning o‘quv jarayonini tugallash bosqichlaridan biri bo‘lib, talabaning o‘quv jarayonini o‘zlashtirish darajasini ko‘rsatadi.Baholash jarayonini: og‘zaki so‘rov, test, yozma ish, amaliy ko‘nikmalar natijasi belgilaydi.

  Modul tizimi bo‘yicha baholash, joriy o‘quv jarayoni baholariva yakuniy modul nazorati natijalari yig‘indisi asosida, ananaviy 4-baholik sistema bo‘yicha qo‘yiladi.

  YaN o‘tkizish fakul'tet dekanati tomonidan tuzilgan grafik asosida institut ARMi kompyuterlarida MO‘M testlaridan foydalangan tarzida, dekan o‘rinbosarlari ishtirokida o‘tkiziladi va baholanadi .

  Kafedra kutubxonasi:

  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 100 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun kafedrada mustaqil islah honasi tashkil etilgan, talabadarsdan bo`sh vaqtida o`z ustida ishashi uchun barcha sharoitlar mavjud. Mavzuga oid har qanday ma`lumotni olishi mumkin. Shu bilan birga kafedra laboratoriya xonasida turli xil tahlil o`tkazishi mumkin.