Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 1 va 4 - kurs pediatriya, 1 – kurs davolash ishi fakulteti talabalari «Bolalar xirurgiyasi” va “Tibbiyot kasbiga kirish” fani dasturi asosida taxsil olishadi.

  Kafedrada magistratura va klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yo’lga qo’yilgan.

  O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barchab o’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:


• Kutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 50 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar mavzuni o’zlashtirish jarayonida shifoxona bog’lov xonasi, operasion blok va diagnostika bulimlarida bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlaydi. Bundan tashqari, 4 kurs talabalar 2 marta tungi navbatchilikda turishadi.