Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Bolalar xirurgiyasi kursi 1966 yilda SamMI fakul'tet xirurgiyasi kafedrasi qoshida rektor M.N.Xaitov, prorektor professor O'.K.Vaxobova, pediatriya fakul'teti dekani professor N.M.Kamolov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, professor F.M.Golub va professsor M.A.Axmedovlar tashabbusi bilan tashkil etildi. SamMI 1-chi klinika shifoxona bazasida 30 o'rinlibolalar xirurgiya bo'limi ochildi. Kurs boshlig'i qilib dots. M.A.Axmedovsaylandi va assistentlikka M.G.Asadulina, I.P. Proxorova va U.U.Umarovlar qabul qilindi.

Professor М.A.Axmedov

  1970 yilga kelib kurs kafedraga aylantirildivakafedraning mudiri lavozimiga prof. M.A.Axmedov saylandi. Professor M.A.Axmedov O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sog'liqni saqlash xodimi, Rossiya bolalar xirurglari assotsiatsiyasi faxriy a`zosi, 400 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ilmiy ishlar to'plami, 18 o'quv va o'quv -uslubiy qo'llanmalar, 12 o'quv-uslubiy maqola, 10 ixtiro, 14 takomillashtirilgan takliflar, 19 publitsistik ishlar muallifi.

  Professor M.A.Axmedovning 30 yillik kafedraga rahbarlik davrida maqsadli aspirantura va doktorantura orqali 10 ta doktorlik, 19 ta nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishdi. SHulardan professor M.A.Axmedovning bevosita rahbarligi ostida 6 doktorlik va 10 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

  1973 yildan kafedrada bolalar xirurgi mutaxassisiligi buyicha klinik ordinaturaga qabul qilish boshlandи.

  Professor M.A.Axmedov va kafedra xodimlarining harakatlari bilan Respublikada birinchilardan bo'lib bolalar xirurgik kasalliklarini diagnostikasi va davolashda lazer nurlaridan foydalanish yo'lga qo'yildi, shu sohada kafedradaxodimlari tomonidan 1 ta doktorlik va 2 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlanди.

  Kafedrada "Talabalar ilmiy to'garagi" faoliyati yaxshi yo'lga quyilgan. Kafedra xodimlari va talabalar muntazam ravishda butunittifoq ilmiy anjumanlarida qatnashib kelganlar va 4 ta oltin, 4 ta kumush, 4 ta bronza va I -II-III darajali diplomlar, faxriy yorliqlar olishga muyassar bo'lganlar.

Professor I.A. Axmedjanov

  Professor M.A.Axmedov kafedrani tashkil qilish, bolalar xirurgiyasiga moslashtirilgan o'quv dasturlarni tuzish va tadbiq etish, ijodiy pedagogik jamoani shakllantirish va jamoada iliq atmosfera muhitini tarbiyalashdagi yutuqlari hamda sharqona an`analarni mujassamlashtirishdagi xizmatlari bilan kafedra xodimlari, talabalar o'rtasida va institut xodimlari hamda rahbariyati o'rtasida obro' qozondi.

  1990 yil kafedra viloyat ko'p tarmoqli bolalar shifoxonasiga (hozirgi kunda Viloyat bolalar ko`ptarmoqli tibbyot markazi) ko'chirildi va hozirgacha samaralifaoliyaт ko'rsatib kelmoqda.

  Hozirgi kunda o'qitish jarayonlarida modul- kredit tizimi masafaviy o'qitish tizimi, yangi pedagogik texnologiyalardan, jumladan interaktiv o'yinlar, elektron darsliklardan keng foydalanilmoqda.

  Kafedrani 1995-2013 yillar mobaynida professor I.A. Axmedjanov boshqarib keldi. Professor I.A. Axmedjanov kafedraning o’quv va ilmiy ishlari rivojiga munosib hissa qo’shdi. Professor I.A. Axmedjanov250 ortiq ilmiy ishlar muallifi, jumladan tibbiyot institutlari talabalari uchun "Bolalar urologiyasi" darsligi, 22 o’quv va o’quv uslubiy qo’llanmalar, 1 mualliflik guvohnomasi, 4 patent va17 ratsionalizatolik takliflari.


Professor Ju.М. Axmedov

  Kafedra 2005-2013 yillarda Fakul'tet bolalar xirurgiyasi va nurli diagnostikasi kafedrasi nomi bilan yuritilib kelingan. 2013 yilda gospital bolalar xirurgiyasi va fakul'tet bolalar xirurgiyasi kafedrasi qo'shilib bolalar xirurgiyasi kafedrasi nomi bilan faoliyat ko'rsatdi. 2020 yil sentyabr oyidan boshlab kafedra 2-son Bolalar xirurgiyasi kafedrasi deb nomlandi. Каfеdra mudirligiga prоf. Ju.М. Axmedov sаylandi.

  Kafedra Samarqand viloyat bolalar ko'p-tarmoqli tibbiy markazining va RSHTYoIM SF bolalar xirurgiyasi bulimining davolash ishlariga amaliy va nazariy yordam berib kelmoqda, bundan tashqari kafedra xodimlari viloyatimiz tumanilariga otaliq va sanaviatsiya xizmatlariga munosib ishtirok etib kelmoqdalar.

  Kafedra Moskva, Sankt-Peterburg, Donetsk, Alma-ata, Toshkent, Andijon tibbiyot oliygohlari bilan samarali ilmiy aloqada. Kafedra tashkil qilindan buyon 12 kishi doktorlik va 26 kishi nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishgan. SHulardan maqsadli doktorantura va aspirantura orqali 10 nomzodlik va 4 doktorlikdissertatsiyalari himoya qilingan.

    Hozirgi kunda kafedrada faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar: prof. Yu.M. Axmedov, prof. I.A. Axmedjanov,  dotsent SH.X. Mavlyanov, dotsent F.SH. Mavlyanov, ratta o’qituvchi U.X. Hayitov.