Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Yuldashev Soatboy Jiyanboyevich farmakologiya kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.

  Yuldashev Soatboy Jiyanboyevich 2008 –yildan buyon, avval farmakologiya va biokimyo , farmakologiya va ichki kasallikllar va klinik farmakologiya, keyinchalik farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasini boshqarib kelgan. 2020- yildan xozirgacha farmakologiya kafedrasi mudiri bulib ishlab kelayapti. 2006-yili “Paranitrofenilglioksil kislotasi tiosemikarbazonining yallig`lanishga qarshi ta'sirini o’rganish “ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqladi. Yuldashev Soatboy Jiyanboyevich SamDTI ning davolsah fakultetini muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng 1994-1996- yillar SamDTI yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasida klinik ordinaturani utadi. Shundan so’ng 1996-2000-yillar assistent , 2000-2008- yillar katta assistent lavozimida shu kafedrada faoliyat yuritgan.

  S.J. Yuldashev talabalar kasaba uyushmasi qo’mitasida , ma’naviyat – ma’rifat bo’limida va yoshlar ittifoqi tashkilotlarida samarali xizmat qilgan. “Kamolot” YIX institut boshlangich tashkiloti yetakchisi bo’lib ishlagan. 1998-2020-yillar pediatriya fakulteti dekani o’rinbosari bo’lib ishlagan. Ilmiy kengashlar a’zosi, kengashlarda ma’ruzalar qiladi.

  S.J. Yuldashev institut, shahar va viloyat hokimliklari tomonidan bir necha marta munosib taqdirlangan. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 15-yilligi ko’krak nishoni bilan mukofotlangan. 200 dan ortiq ilmiy ishlar , shu jumladan 4 ta o’quv qo’llanma , 20 ta dan ortiq o’quv uslubiy qo’llanmalar muallifidir. Shuningdek qator horijiy jurnallarda o’z maqolalarini chop qilgan. S.J. Yuldashev rahbarligida farmakologiya fani bo’yicha ma’ruzalar o’zbek (lotin) , o’zbek (kirill) va rus tillarida chop qilingan. Xalqaro va Respublika ilmiy - amaliy anjumanlarida ma’ruzalar bilan qatnashgan. Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dastur muallifidir. Hozirda u kishi rahbarligida 2 ta nomzodlik va 3 ta magistrlik ishlari olib borilmoqda.

  Farmakologiya kafedrasi 1932 yili tashkil topgan bo’lib , ushbu yildan boshlab, professor I.V.Troiskiy farmakologiya fani bo’yicha o’qitish ishlarini olib borgan va ikki yil davomida kafedra mudiri bo’lib ishlagan (1932-1934-o’quv yillari).

  1934-1935-o’quv yillarda kafedra mudirligiga N.K.Klemparskiy saylangan u kafedrada ishlab bir necha ilmiy maqolalar chop etgan. Shu yillar mobaynida assistentlardan: E.S.Zolotuxina va V.P.Rokel ishladilar.

  1942-yil Samarqandga S.M.Kirov nomli Leningrad Harbiy tibbiyot Akademiyasi evakuatsiya qilinadi va kafedra mudiri vazifasini professor V.M.Karasik va keyinchalik uni prof. G.A.Mednikyan bajardi. Shu yillarda kafedra ilmiy va o’quv ishlari ancha jonlanadi.

  1944-yili Harbiy tibbiyot Akademiyasi reevakuatsiya qilinadi, shu sababli kafedra mudirligiga N.K.Klemparskiy tayinlanadi

  1945-46-o’quv yillarida farmakologiyadan ma’ruzalarni patofiziologiya kafedrasiningmudiri dotsentX.R. Farxadi uqiydi. Shu yillar mobaynida assistentlardan:M.Y.Samulevich, G.K.Gubkevich, V.P.Rokel va E.S.Zolotuxinlar ishlagan.

  1946- yilda tanlovbo’yicha kafedra mudirligiga t.f.n. I.E.Akopov saylandi. U kishi 1955-yilda doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va 1956 –yil professorlik unvonini olganhamda uningraxbarligida 9 ta nomzodlik dissertatsiyasi yoqlangan.

  1946-yilikafedradaassistentlardan: L. A. Belyavskaya, L. D. Muxamedova, B. A. Konovalova hamda I. I. Ibragimovlar ishlagan.

  I.I.Ibragimov nomzodlik dissertatsiyasini yoqlaganda so’ng Andijon tibbiyot institutefarmakologiya kafedrasimudirligiga tayinlanadi.

  L. A. Belyavskaya nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagandan keyin SamDTI normal fiziologiya kafedrasi mudirligiga tayinlanadi.

  1949-1959- yillar mobaynida kafedrada quyidagilar aspiranturada o’qidilar. M.M.Mansurov (1949-1952-y); F.A. Asliddinov (1952-1955-y); T.R.Abduraxmonov (1956-1959-y)lar.

  1946-1957-yillar mobaynida I.E.Akopov rahbarligi ostida maxalliy o’simliklardan olinadigan dorivor moddalarning ta’sirini o’rganishga katta etibor beriladi.

  U kishi raxbarligida yangi preparat Afillin xlorgidrati ajratib olinadi va uning maxalliy anesteziyalovchi xususiyati bo’yicha novokainga tengligi isbotlanadi (dotsent Konovalova V.A. 1952-y) . Shu bilan birgalikda xayvonlarda vestibulyar apparat va qon bosimining o’zaro bog’likligi haqida (E.A.Belyavskaya-1951-y) hamda Solyusurmin farmakologiyasiga bag’ishlangan materiallar (I.I.Ibragimov 1955- yil) chop etiladi.

  Kafedra xodimlarining e’tibori Lagoxilus o’simligiga qaratiladi. 1955-yilda I.E.Akopov tomonidan uning tinchlantiruvchi va gemostatik xususiyati, 1957-yili M.M.Mansurov bu o’simlikning yurak qon tomir tizimiga ta’sirini hamda F.A.Asliddinov lagoxilin efiri farmakologiyasini o’rganadilar.

  1959-yili dotsentM.K.Raximova tomonidan Lagoxilus preparatining shokka qarshi va desensibilizatsiyalovchi ta’sirio’rganiladi, shu ilmiy izlanishlar natijasida lagoxilus farmakologik qo’mita tomonidan farmakopeyaga kiritildi va tibbiyot amaliyotida ishlatishga ruxsat berildi.

  1958-yil prof. I.E.Akopov Krasnodar o’lkasiga ko’chib ketishi munosabati bilan kafedra mudiri lavozimiga dotsentS.M.Tregubov tayinlanadi va 1962- yilgacha kafedra mudiri vazifasini bajaradi.

  1963-1968-yillarda kafedra mudiri vazifasini dotsent V.A.Konovalova bajaradi.

  1968 -yili kafedra mudiri lavozimiga dotsent M.M.Mansurov tayinlanadi.

  Qator yillar davomida kafedrada dots. B.A.Vartazaryan , dots. M.Rasulov hamdaass. E.Y.Ponomareva, E.A.Lalayan, E.R.Shakirbekova, ass. T.E.Eshmuradov, G.K.Muminova, L .U. Xalilova, M.X Xudayberdiyeva, G.M.Mardiyevava R.M.Shopievalar ishlaganlar.

  1968-1994- yillar davomidaprofessor M.M.Mansurov raxbarligida 5 ta nomzodlik va 1 ta doktorlik dissertatsiyasi yoqlandi. 1974- yili M.M.Mansurov doktorlik dissertatsiyasini yoqlab, 1977-yili professorlik unvoniga sazovor bo’ldi. Kafedrada T.B. Eshchanov, R.G. Sarkisyans, L.V. Murtazaeva, M.S.Martirosov va D.N. Qarshievlar nomzodlik dissertasiyasini yoqlaganlar.

  D.N. Ibadova 1975-yilda nomzodlik dissertasiyasini yoqlab 1976-1977-yillarda farmakologiya kafedrasida assistent bo’lib ishlagan . 1986-yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilib, 1987-yilda professor unvoniga sazovor bo’ldi. 1993-1995, 1997-1999-yillarda professorD.N. Ibadova “klinik farmakologiya” kafedrasi bilan birgalikda farmakologiya kursini boshqardi.

  Qarshiev D.N. 2001-2003-yillarda tibbiyot fanlari doktori farmakologiya kafedrasining mudiri lavozimida ishladi. Qarshiev Davron Najimovich 1988-1990-yillar ToshDavTI farmakologiya kafedrasining katta laboranti, 1990-1991, 1994-1996-yillar SamDTI farmakologiya kafedrasi assistenti 1991-1994-yillar I- ToshDavTI farmakologiya kafedrasining aspiranti, 1996-1999-yillar SamDTI farmakologiya kafedrasining doktoranti sifatida faoliyat ko’rsatgan. Qarshiev Davron Najimovich 1994-yilda nomzodlik, 2000-yilda doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan. O’zbekiston Respublikasi patent idorasining 2 ta patentini qo’lga kiritgan. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

  1995-1997, 1999-2001,2003-2004-yillari kafedraga dotsent Shamsiddin Xusanovich Xusanov mudirlik qildi. Dotsent Sh.X. Xusanov 1974-yili kafedraga ishga kelgan, shu yili “Фармакологическое исследование адониса туркестанского с адонисом весенним” mavzusida nomzodlik dissertasiyasini yoqlagan. U kishi tomonidan 1 ta monografiya va 35 ta ilmiy , o’quv-uslubiy maqolalar va qo’llanmalar chop qilingan . 2 ta mualliflik guvohnomasi olingan. 2004-2008-o’quv yillari dotsent Shamsiddin Xusanovich Xusanov farmakologiya kursiga mudirlik qilgan.