Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Fakultet ma'naviy-ma'rifiy ishlari

    Har bir jamiyatning ma’naviyat darajasi uning iste’dod egalarini, umuman, o‘quvli shaxslarini qadrlash, ularga gamxo‘rlik ko‘rsatilishi, kamol toptirishiga uchun yetarli shart – sharoitini ta’minlab berishi bilan xam belgilanadi. Rivojlangan, ma’naviyatli jamiyatlarda  iste’dod egalari millatning yuzi, g‘ururi va kelajagi deb qaraladi. Bizning o‘zbek jamiyatimiz xam shu yo‘ldan bormoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgach xar soxada bo‘lgani kabi  iste’dod egalariga bo‘lgan munosabat xam o‘zgardi. Ilm-fan, adabiyot, san’at va me’morchilik soxalarida iste’dodli yoshlarni izlab topish,  ularning ijodiy saloxiyatini yurtimiz mustaqilligi va xalqimiz  ma’naviyatini boyitishga yo‘naltirish,  ularga g‘amxo‘rlik qilish  kun tartibiga qo‘yildi. Respublika Prezidentining bu boradagi qator farmonlari, xukumat qarorlari  fikrlarimizni tasdiqlaydi.Buni jamiyatimizning  ma’naviy darajasini  ko‘rsatuvchi belgilardan biri deyish mumkin.

    Fakultetda ma'naviy-ma'rifiy ishlar talabalarda umuminsoniy madaniy qadriyatlarni, xalqimizning ko'p asrlik an'analari va boy merosini o'zlashtirishga, ular tomonidan Prezidentimiz SH.M. Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnalogiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakillantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin qizlar bandligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan videoselektorda ilgari surilgan 7 ta muhim tashabbusga asoslangan yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan.

    Madaniy-ommaviy ish talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan. Fakultet faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalarda yuqori axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasb-hunar faoliyatiga bo'lgan qiziqishni, sog'lom turmush tarziga bo'lgan ehtiyojni tarbiyalash, o'quvchilarni institut madaniy-ommaviy tadbirlariga jalb etish hisoblanadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylik kengashi faoliyat olib boradi, uning faoliyati tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiriladi.

    Fakultetning asosiy faoliyatlaridan biri studentlarda axloqiy qadriyatlarni, kasbiy faoliyatiga manfaatli (qiziquvchi) boʼlishni, sogʼlom turmush tarzi zaruriy ehtiyojligini shakllantirish, ularni universitetning ommaviy – madaniy tadbirlariga jalb etishdir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun fakultetda murabbiylar kengashi ish yuritmoqda, ular oʼz faoliyatini tasdiqlangan rejaga muvofiq amalga oshiradilar. Fakultetning xar bir guruhiga murabbiy biriktirilgan boʼlib, ular tajribali pedagoglardan tanlangan. Fakultet studentlari boʼsh vaqtlarini mazmunli oʼtkazish maqsadida, murabbiylar rahbarligida jamoat tadbirlarida, havaskorlik tashabbuslariga jalb etiladi, Samarqandning va Respublikaning tarixiy obidalari va diqqatga sazovor yodgorliklari, teatr va muzeylariga tashrif buyurishadi.

    Fakultet talabalari Respublikamizda oʼtkazilib kelinayotgan turli ijodiy konkurslarda qatnashib kelishmoqda. Jismoniy tarbiya va sportga katta eʼtibor berilmoqda. Fakultet studentlari universitetimiz sport kompleksi bazasida faoliyat koʼrsatayotgan suzish, tennis, shaxmat, futbol, basketbol, voleybol, milliy kurash, sharq yakkakurashi, yengil atletika sektsiyalariga qatnaydilar. Ular mahalliy va Respublika miqiyosidagi sport musobaqalarida ham faol qatnashadilar.