×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar 1-son Davolash fakultetining 2-son xirurgik kasalliklar kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrasimizda talabalarning bo'sh vaqtlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar amalga oshiriladi. Kafedra faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri talabalar o'rtasida yuksak axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqish, talabalarni universitet madaniy tadbirlariga jalb qilishdir. Ushbu vazifalarni bajarish uchun kafedrasimizda tasdiqlangan rejaga muvofiq ishlar amalga oshiriladi. Ushbu ishni kafedra mudiri dots. Mustafaqulov I.B va mas'ul o'qituvchi Normamatov B.muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

  Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida quyidagicha ish olib boradi:

• Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:
• Haftaning har payshanba kunlari rejaga muvofiq ma’naviyat soatlari muntazam o`tkaziladi. Bundan tashqari har kuni ertalab studentlar, magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar bilan 5 daqiqa davomida oxirgi yangiliklar, ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi.
• talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarziini shakllantirish maqsadida xar xil sport o’yinlari va sport to’garaklari tashkil etadi.
• talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning asarlari, nutqlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va Oliy Majlis sessiyalari materiallari, qabul qilingan Qonunlarning mazmun va mohiyati bilan tanishtirib boradilar.
• dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot yetkazib berish maqsadida ma'naviy-ma'rifiy sohada suhbat o’tkaziladi.
• talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida spektakllar, kino va konsertlarga tashriflarini uyushtiriladi.
• o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish maqsadida kafedramizda xirurgiya yo’nalishi buyicha to’garaklarni tashkil etib kelajakda Xirurg bo’lish istagida bo’lgan talabalarga ilmiy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazilib kelinmoqda.

Kafedrada tashkil etilgan to’garak mashg’uloti

Talabalar bo’sh vaqtini mazmunli o’tqazish maqsadida sport uyinlarini tashkil qilindi