Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

    Kafedrada amalga oshiriladigan ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy tarbiya ishlari rejasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ma'naviy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, xuquqiy soxalardagi isloxotlarga xamoxang tarzda olib boriladi. Olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy va axloqiy tarbiya ishlar talabalarda komil inson fazilatlarini, tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashini bunyodkor g‘oyalar bilan oziqlantirish, ularning bo‘sh vaqtini sermazmun o‘tkazish, ma'naviy  tadbirlarning ma'rifiy tadbirlar bilan uyg‘unligini ta'minlash,  intelektual mulkka egalik tuyg‘usini shakllantirish, tashabbus va yangilikni qo‘llab-quvvatlash, yurt tinchligi va o‘zaro jipslikka erishishga doir bir qator masalalarni o‘zida aks ettiradi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul, dosent Niyozov Sh.T. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.

    Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ish olib boradi:

    Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi:

respublikada bunyodkorlik islohotlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va rivojlantirish;

talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish;
talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish;

dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot etkazib berish ;
talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish ;

o'quv muassasasining yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini tashkil etish, turli xil to’garaklarni tashkil etish;