×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

    O'zbekiston Respublikasi prezidenti SH.M.Mirziyoev ta'kidlaganlaridek «Eng muhim va dolzarb masalalardan biri – yuksak ma'naviyatli, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga, o'z mustaqil fikriga ega bo'lgan yoshlarni milliy va umum insoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat». Obod va farovon jamiyatni yuksak ma'navit va uzluksiz ma'naviy tarbiya orqali ko‘rishimiz mumkin. Bu vazifalarni amalga oshirish esa biz pedagoglar va professor o’qituvchilar zimmasidadir.Shu maqsadda 2023-2024 o‘quv yilida ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilmoqda.

    Klinik farmakologiya kafedrasida o‘quv yili davomida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar dasturi mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi isloxatlarga hamoxang tarzda universitetimizda ishlab chiqarilgan reja asosida ishlar olib borilmoqda. Klinik farmakologiya kafedrasida  ma’naviy-ma’rifiy  ishlar bo’yicha ma’sul ass  M.U. Begnayeva tayinlangan.

    Haftaning har payshanba kunlari klinik farmakalogiya kafedrasida farmatsiya va davolash ishi  fakultetlari talabalari bilan birgalikda muntazam ravishda «Axborot soati» lari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari har bir oqim kafedraga o‘qishga kelgan dastlabki kunida kafedra mudiri tomonidan o‘quv jarayoni, ichki tartib intizomlar, kiyinish madaniyati va boshqalar haqida batafsil tushintirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, mavzularga mos tarzda «Vatan mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan videorolik», «O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlangan videorolik» to‘g‘risidagi videoroliklar ko‘rsatib o‘tildi.

    Kafedraning xodimlari tomonidan 2023 yil 30-mart kuni "Universitet talaba yoshlari narkamaniyaga qarshi" mavzusida SamDTU №1 son talabalar turar joyiga tadbir o‘tkazildi.

    Kafedra xodimlari universitetda bo‘ladigan barcha tadbirlarda va bayramlarda faol ishtirok etib kelmoqda. 

    2023 yil 9-may - Xotira va qadrlash kuniga bag’ishlab “Inson qadri va uning xotirasi aziz” mavzusi yuzasidan universitetda uzoq yillar davomida Klinik farmakologiya kafedrasida mehnat faoliyatini yuritib, xozirda 72 yoshni qarshilab mehnat faxriysi bo’lgan Ashurova A.S. xonadonida bo’lib, u kishini bayram munosabati bilan tabriklab kafedra xodimlari tomonidan sovg’alar ulashildi.

    2023 yil 21 mart navro`z umumxalq bayrami munosabati bilan bo`lib o`tgan shahar tadbirlarida faol ishtirok etishdi.
    
Bundan tashqari 2023-yil 30-aprel kuni "Tinch va forovon yurtda bayramlar yarashadi" mavzusida SamDTU №3 son talabalar turar joyiga tadbir o‘tkazildi. 

    Tadbirga talabalari taklif etildi. Bunda  insonning qadr-qimmati, sha’ni va g’ururi ustuvor maqsad qilib olindi, izchil va puxta o’ylangan Bosh qomusimizning yangi tahriri haqida atroflicha fikrlar yuritildi. 

    Kafedra xodimlari shu yil bo’lib o’tgan referendum munosabati bilan bo’lib o’tgan tadbirlarda ham faol ishtirok etishdi.