Yosh avlodga g'amxo'rlik qilish, sog'lom, barkamol shaxsni tarbiyalashga intilish o'zbek xalqining milliy xarakterining xususiyatlaridan biridir. Shu sababli ma'naviy-ma'rifiy ishlar Klinik laborator diagnostika va DKTF klinik laboratoriya kursi bilan kafedrasi faoliyatining eng muhim yo'nalishi hisoblanadi. Kafedrada ma'naviy-ma'rifiy ishlar doimiy ravishda tasdiqlangan reja asosida olib boriladi. Ushbu ishni mas'ul o'qituvchi Berdiyarova Sh.Sh. muvofiqlashtiradi va tashkil etadi.
Kafedrada professor-o'qituvchilar talabalar o'rtasida ish olib boradi: Samarqand Davlat tibbiyot universitetida 77- ilmiy amaliy konferensiya o`tkazildi. Konferensiyada Klinik laboratoriya kafedrasi xodimlari rahbarlik qilgan tibbiy biologiya yo`nalishi 401-guruh talabalari Imomova Lola 3-o`rinni, Raxmatov Jumanazar faxrli o`rinni egalladilar.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning asarlari va nutqlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining farmonlari va qarorlari bilan tanishtirib boradilar, shuningdek barkamol avlodni tarbiyalashga, yoshlarning umuminsoniy, milliy va ma'naviy dunyoqarash fazilatlarini oshirish va takomillashtirish maqsadida ma'naviy va ma'rifiy ishlarni olib boradi.
Kafedra xodimlari va talabalar o'rtasida sog'lom turmush tarzi falsafasini shakllantirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2019 yil 19 mart kuni qabul qilingan besh tashabbusning ijrosi bo'yicha sport musobaqasi o'tkazildi. Kafedra xodimlari qatnashdi,besh tashabbusning ijrosi bo'yicha “Sog‘lom turmush buyuk kelajak” sport musobaqasida klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasi xodimlari qatnashib faxrli birinchi va uchinchi o`rinlarni egalladilar.
Talabalar o'rtasida siyosiy va huquqiy madaniyatni oshirish maqsadida xar haftada kafedramizda dunyoda va mamlakatda bo'layotgan ijtimoiy, siyosiy va ijodiy voqealar to'g'risida talabalarga o'z vaqtida ma'lumot yetkazib boriladi.
Talabalar o'rtasida sog'lom ma'naviy muhitni shakllantirish, o'quv muassasamizning yo'nalishi va ixtisoslashuviga mos ravishda talabalarning bo'sh vaqtini mazmunli o`tkazishi uchun to’garak tashkil etilgan.
Samarqand Davlat Tibbiyot Universiteti Pediatriya fakulteti Klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasi xodimlarining Samarqand viloyati Qo`shrobot tumani 51-maktabiga tashrif tashkil etildi. Klinik laboratoriya diagnostikasi kafedrasi mudiri Yusupova N.A. so`zga chiqib maktab bitiruvchilari bilan "Bitiruvchi yoshlarni tibbiy ta'limga yo'naltirish" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Boshlang`ich sinf o`quvchilari bilan suxbat o`tkazilib esdalik uchun o`quv qurollari berildi.