Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra ma'naviy-ma'rifiy ishlari

  Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilib, unga ko‘ra tarixiy sanalar, umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan turli tadbirlar, sport musobaqalari, marafonlar o‘tkazilmoqda. Kafedrada har haftaning payshanba kuni “AXBOROT SOATI” boʻlib oʻtadi, unda talabalar va kafedra xodimlariga ma’naviy-ma’rifiy sohaga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Maxkamasi qarorlari va buyruqlari va yurtimizda va xorijda bo'ladigan yangiliklar, haqida ma’lumot berib boriladi va bayonnomada qayd etiladi. Kafedrada ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha ma’sul assistent S.S. Goyibov.

  Kafedrada talabalar bilan mustaqillik, Konstitutsiya, Navro‘z bayrami, 9-may mavzularida suhbatlar, bayramlar o‘tkazilаdi. Kafedra assistentlari universitetda o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida faol ishtirok etadilar.

  Talabalar o‘rtasida yuksak ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni shakllantirish, kasbiy faoliyatga qiziqishni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish, talabalarni universitetda o‘tkaziladigan madaniy tadbirlarga keng jalb etish kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun kafedraga kuratorlik guruhlari biriktirilib, ularning faoliyati tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda. Har bir kuratorning ish rejasi bo‘lib, uning asosida o‘z qaramog‘idagi guruh bilan turli tadbirlar o‘tkazadi. Har bir kuratorda har bir talaba va uning kundalik tartibi haqida ma'lumotlar mavjud. Voqealar syujetini aks ettiruvchi albom va disklar ham mavjud. Kuratorlar muntazam ravishda talabalar bilan uchrashadilar.

  Kafedra xodimlari TTJda talabalar bilan mahorat darslari o‘tkazmoqda. Ma'ruzalar qiziqarli mavzular bo'yicha tashkil etiladi.

  Kafedra xodimlari kafedra talabalari bilan birgalikda sport tadbirlarini o‘tkazmoqda

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining sogʼliqni saqlash sohasi vakillari bilan 2022 yil 18-mart kuni o’tkazilgan (ochiq muloqot) yigʼilishida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo’yicha 2022 - yil apreldagi PQ-188 sonli qarori ijrosi bo’yicha Anesteziologiya, reanimatsiya va shoshilinch tibbiyot kafedrasi assistentlari Samarqand tumani TTB maʼmuriyati o’rtasida tuman aholisiga otaliq yordam ko’rsatish bo’yicha sogʼlomlashtirish ko’rigi olib borilmoqda.