Samarqand Davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/31.10.2024.Tib.102.03 raqamli Ilmiy kengashda 14.00.38 – “Sprot tibbiyoti” va 14.00.12 – “Tibbiy reabilitologiya” ixtisosliklari bo‘yicha dissertatsiyalar ximoyasi o‘tkaziladi.
- Ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish. Sport tibbiyoti va tibbiy reabilitologiya yo‘nalishlarida zamonaviy ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish, yangi ilmiy g‘oyalarni rag‘batlantirish. Tadqiqot natijalarining amaliyotga tatbiq etilishini qo‘llab-quvvatlash.
- Ilmiy ishlarni baholash va ekspertiza. Tadqiqotlarning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati va ilmiy metodologiyasini adolatli baholash. Himoyaga taqdim etilgan dissertatsiyalarni ilmiy mezonlar asosida sinchkovlik bilan tahlil qilish va taqrizchilar xulosalarini ko‘rib chiqish.
- Yuqori malakali ilmiy kadrlar tayyorlash. Sport tibbiyoti va tibbiy reabilitologiya yo‘nalishlarida yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ularning ilmiy salohiyatini oshirish. Doktorantlarning ilmiy ishlarini boshqarish va ularning ilmiy tadqiqotlaridagi innovatsion yondashuvlarni qo‘llab-quvvatlash.
- Ilmiy darajalarni tasdiqlash va berish. Tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) va tibbiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajalarini berish uchun ilmiy ishlarni muhokama qilish va tegishli qarorlar qabul qilish. Ilmiy darajalarni tasdiqlashda ilmiy adolat va shaffoflikni ta'minlash.
- Ilmiy hamkorlik va xalqaro tajriba almashinuvi. Xalqaro ilmiy hamjamiyat bilan hamkorlik o‘rnatish va tajriba almashinuvi orqali ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish. Xalqaro ilmiy konferensiyalar va seminarlar tashkil etish va ularda faol ishtirok etish.
- Ilmiy axloq va standartlarni ta’minlash. Ilmiy axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish va ilmiy halollikni ta’minlash. Plagiatga qarshi kurash va ilmiy ishlarda original tadqiqotlar o‘tkazilishini nazorat qilish.
Ismailov Jamshid Abduraimovich (ilmiy kotib)
Telefon raqam: +998 – 91 – 536 – 51 – 11
e-mail: jamshidismailov22@gmail.com
Telegram: @jamshid_ismailov87
Ximoya uchun topshiriladigan hujjatlar ro‘yxat
- Ilmiy kengash raisi t.f.d., dotsent. N.A. Yarmuxamedova imzolagan xat.
- OAK “Byulleten”ida e’lon qilingan PhD yoki DSc dissertatsiya mavzusi nusxasi (jurnalning 1-2 muqova varag‘i va dissertatsiya mavzusi hamda talabgor familiyasi ko‘rsatilgan sahifa nusxalari).
- O‘zR SSVning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha xulosasi.
- Guvohnoma (imtihonlardan o‘tganligi haqida, nusxa)
- Diplomlar nusxalari (OTMni tugatganligi haqida, t.f.n.)
- Birlamchi hujjatlarni tekshirish dalolatnomasi (tasdiqlangan, birlamchi hujjatlar ekspertlari uchligini ilmiy seminar raisi tayinlaydi)
- Kafedra majlisi bayonnomasidan ko‘chirma
- Kafedralararo majlis bayonnomasidan ko‘chirma
- Dissertatsiya ishiga 2 ta taqriz (ilmiy seminar uchun, taqrizchilarni Ilmiy seminar raisi tayinlaydi)
- Dissertatsiya ishi
- Doklad – taqdimot (ppt)
- Avtoreferat loyihasi
- Nashr etilgan ishlar ro‘yxati (shakl bo‘yicha)
- Ob’yektivka - talabgorning ma’lumotnomasi
- Ilmiy seminarda o‘qiladigan alohida qisqa taqdimot - kotib uchun: tug‘ilgan sana, OTMni tugatgan sana va joyi, doktorantning ish joyi va hozirgi vaqtgacha bo‘lgan lavozimi, oilaviy ahvoli, dissertatsiya ishi bo‘yicha chop etilgan ishlar soni
- A 4 varaqda tavsiya etilgan yetakchi muassasa va opponentlar
Ilmiy kengash a’zolari ro‘yxati
Yarmuxamedova Nargiza Anvarovna (rais) | Samarqand davlat tibbiёt universiteti kafedra dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent |
Sadikov Abdushukur Abdujamilevich (rais o‘rinbosari) | O‘zbekiston Respublikasi milliy antidoping agentligi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor |
Ismailov Jamshid Abduraimovich (kotib) | Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent |
Mavlyanova Zilola Farxadovna | Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori doktori (DSc), professor |
Xadjimetov Abdugaffor Axatovich | Toshkent Davlat stomatologiya instituti kafedra professori, tibbiyot fanlari doktori, professor |
Yuldasheva Gulchehra Rustamovna | Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi dotsenti, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent |
Usmanxodjaeva Adibaxon Amirsaidovna | Toshkent tibbiyot akademiyasikafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent |
Raximova Dilorom Alimovna | Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari doktori, professor |
Tulaganova Dildora Karimovna | Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, bo‘lim rahbari, tibbiyot fanlari doktori (DSc), katta ilmiy xodim |
Agababyan Irina Rubenovna | Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri, professor |
Sobirova Guzal Naimovna | Toshkent tibbiyot akademiyasi kafedra professori, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor |
Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich | Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra mudiri, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent |
Shodiev Amirqul Shodievich | Samarqand davlat tibbiyot universiteti kafedra professori, tibbiyot fanlari doktori (DSc) |