"Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya" kafedrasida talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari "Yosh infeksionistlar" deb nomlangan bo’lib, talabalar ilmiy to'garagi yig'ilishlarini tashkil etish, Samarqand Davlat tibbiyot universitetida bo'lib o'tgan xalqaro va respublika talabalarining ilmiy-amaliy konferentsiyalari doirasida alohida sho’ba yig’ilishlarini o'tkazish orqali amalga oshirilib kelmoqda. Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining respublika tanlovlari uchun yuqumli kasalliklarning dolzarb muammolari, ushbu kasalliklarning zamonaviy tekshiruv usullari va ularning profilaktik chora tadbirlarini takomillashtirish muammolari bo'yicha tadqiqot ishlarini tayyorlashadi.
Yuqumli kasalliklar vaepidemiologiya kafedrasida ilmiy to'garak mas'ul rahbari PhD.,assistant Achilova Matlyuba Mirxamzayevnafaoliyat yuritadi.
Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasida jami: 18 ta talaba bo’lib, ular kafedra o’qituvchilari o’rtasidataqsimlangan.
Kafedra ilmiy to’garagida qatnashib rektor stipendiyasi olgan talabalar 4 nafarni tashkil qiladi.
26.01.2022 yilda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida o’tkazilgan Xalqaro onlayn fan olimpiadasida 2-kurs magistri Subxonova Sarvinoz ilmiy raxbari PhD. Ergasheva M.Ya raxbarligida faxrli 2-o‘rinni olishdi.
20.05.2022 yilda SamDTUda o‘tgan «Достижения фундаменталной, прикладной медицины и фарматции» 76-xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaga TIJ a’zolari tomonidan jami 14 ta tezis yuborildi. Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasi 2-kurs magistri Subxonova Sarvinoz, ilmiy raxbari PhD. Ergasheva M.Ya raxbarligida faxrli 1-o‘rinlarni olishdi. Pediatriya fakulteti 613-gurux talabasi Isoqov J (ilmiy raxbari katta o‘qituvchisi Jo‘raev Sh.A.) 2-o‘rin oldi. , Absaitov Raxmatullo Pediatriya fakulteti 505-gurux talabasi (ilmiy raxbari ass Tirkashev O.S.), Mirxakimova Fariza Pediatriya fakulteti 621-guruh talabasi (ilmiy raxbari t.f.n Orziqulov A.O), Ne’matov Xumoyun Pediatriya fakulteti 605 guruh talabasi (ilmiy raxbari ass. Rustamova Sh.A.), Aliev Shuxrat Pediatriya fakulteti 527 guruh talabasi ilmiy raxbar ass Baxrieva Z.D., Xudaymuratov Fayozbek Pediatriya fakulteti 524 guruh (ilmiy raxbari Djumaeva N.S.), Davronova Maxliyo Pediatriya fakulteti 502 guruh (ilmiy raxbari ass Mustaeva G.B.), va Xazratkulov Amirjon Pediatriya fakulteti 516 guruh (ilmiy raxbari ass Yakubova N.S) boshchiligida 3-o‘rinni egallashdi.
Kafedra mudiri va masullar tomonidan Sam DTU iqtidorli talabalariga biriktirilgan kafedra xodimlarining ilmiy ish mavzulari shakllantirilgan bo'lib talabalar ilmiy ishlari bo'yicha tezislar, maqolalar tayyorlab borishmoqda. TIJ azolari xozirgacha o'tkazilgan maxalliy, xalqaro olimpiadalar, konferensiyalarda qatnashib ijobiy natijalar ko'rsatib kelishmoqda.