Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash menejmenti kafedrasi olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar har doim ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog'liqni saqlash talablari bilan uzviy bog'liq holda olib borildi, ayni paytda «Sog’lom turmush tarzi shakllantirish usullari», «Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda diagnostika, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish», «Tibbiy sug’urta va uning rivojlanishi» deb nomlangan fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan muammolarni hal etishga qaratilgan.
Kafedra olimlari o'z ilmiy izlanishlarini amalga oshirish uchun grant buyurtmalari tanlovlarida ishtirok etadilar. Mustaqil izlanuvchi Alimjanova Dilbar Negmatovna «Oliy ta’lim didaktik jarayonlarida mualliflik texnologiyalarini tatbiq qilish tizimi (pedagogika va psixologiya fanlari misolida)” mavzusi bo’yicha ilmiy ish olib borilayabdi. Kafedraning magistri O’rinboyev Fahriddinning ilmiy ish mavzusi «O’zbekistonda tibbiy sug’urta tizimining rivojlanishi» va shu mavzu bo’yicha ilmiy ishni olib boryapti. So'nggi 5 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan «Web of Science», «Scopus» va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ro’yxatiga kiritilgan jurnallarda 10tadan ortiq maqolalar chop etildi, shu jumladan 10 ta darslik, 10 ta o'quv qo'llanma, 5 ta monografiya, 4 ta elektron dastur, yetakchi respublika va xalqaro jurnallarda 300 dan ortiq maqolalar.
Kafedra hodimlari tomonidan chop etilgan o'quv qo'llanmalar
№ | Mualliflar | Chop etilgan qollanmaning nomi |
1 | Sh.A.Mamasoliyeva, Z.F. Mavlyanova, G.N. Gapparova, X.R. Kurbonov | Ijtimoiy sug'urta. Tibbiy mehnat expertizasi tushunchasi va uning mohiyati. Mehnatga yaroqsizlikni vrachlik ekspertizasi vazifalari. Nogironlik. Reabilitatsiya |
2 | Ж.А. Ризаев, Б.Э. Тухтаров, К.Ч. Нурмаматова | Основы медицинской статистики |
3 | Rizayev J.A., Gafforov U.B., Ibragimov D.D. | Yuz jag' soxasida odontogen va noodontogen yallig'lanish kasalliklari |
4 | Rizayev J.A.,Ibragimov D.D., Gafforov U.B., O'lmasov F.G. | Yuz jag' soxasi xavfsiz o'smalari va o'smasimon hosilalari |
5 | Rizayev J.A., Shayqulov H.Sh., Yusupov M.I., Odilova G.M., Mamarasulova I.M. | Mikrobiologiyadan laboratoriya mashg'ulotlariga doir o'quv qo'llanma |
6 | Rizayev J.A., Kubayev A.S. | Kariyes kasalligi |
7 | Rizayev J.A., Xasanova L.E. | Parodont kasalliklari |
8 | Rizayev J.A., Amxadova M.A., Xazratov A.I., Norbutayev | Stomatolog qabulida shoshilinch holatlarda tez tibbiy yordam ko'rsatish |
9 | Narzikulov R.A., Abdullayev X.D., Kamalova M.I., Islamov N.X. | DERMATOVENEROLOGY |
10 | Klebleeva G.D., Axmedova M.M., Baratova M.R., Kamalova M.I. | DERMATOVENEROLOGY |
11 | Israilova S.B., Xakimova X.X., Kurbanov A.A., Dustova G.K. | Valeologiya |