×
Menu
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Ilmiy-tadqiqot ishlariga kafedraning barcha professor-o‘qituvchilari va mustaqil tadqiqotchilar jalb etilgan. Hozirgi kunda har bir kafedra a’zosi o‘ziga biriktirilgan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy tadqiqot ishlari va erishilgan natijalar har oyda kafedra yig‘ilishlarida muhokama etilmoqda.

  Jumaladan 2022-2023 o’quv yilida Tillar kafedrasi mudiri PhD Yorova S.K. 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik va kafedra assistenti Shodiqulova A.Z. 0.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

  2023 yil 28 dekabrda kafedra stajyor-assistenti Maxmudova Sabina Avazjonovna “J. Oldrij romanlarida “Britaniya Imperiyasi” freymi modelining voqelanishi” mavzusida 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha PhD dissertatsiyasini himoya qildi.

  2023-2024 o’quv yilida kafedra assistentlari Sharipov B.S. 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha, Maxmudov Z.M. 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilishi rejalashtirilgan.

  Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan tezis, ilmiy maqola, risola, darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etib kelinmoqda.

  Tillar kafedrasi mudiri 2021-yilda “English for Medical Students” va 2023 yilda English-French-Russian. Conversation book” nomli o’quv qo’llanmalari Oliy va O‘rta maxsus Ta’lim Vazirligi tomonidan tasdiqlangan va chop etilgan. 


  Bundan tashqari kafedra assistenti Maxmudov Z.M. tomonidan 2023-yilda “Lotin tili va tibbiy-farmasevtik terminologiyasi asoslari” darsligi nashr etildi.

  Kafedra assistenti Maxmudov Z.M. tomonidan 4 ta mavzu bo'yicha: 1) “Farmatsevtika terminologiyasiga kirish. Dorivor moddalarning ilmiy va ahamiyatsiz nomi. Dori nomlarini yaratishda ishlatiladigan mazmunli so'z yasovchi qo'shimchalar va atamalar. Dori shakllari”, 2) “Fe'l, uning grammatik kategoriyalari. Buyruq mayli. Fe'llar bilan standart retsept formilurovkalari”, 3) “Retsept, uning tuzilishi. Retseptlarni yozish qoidalari”, 4) “Sifat, sifatlarning grammatik kategoriyalari, guruhlarga bo'linishi, rod qo'shimchalari, lug'at shakli. Sifatlarning negizini aniqlash. 1-2 guruh sifatlari” o'quv-metodik tavsiyalar nashr etilishi rejalashtirilgan. 

  Kafedra assistenti PhD Shodiqulova A.Z. tomonidan 1-uslubiy qo'llanma "Ingliz tili", "Metonimiya" mavzusidagi monografiya va "Sifatlarning darajalari" mavzusidagi o'quv-uslubiy ishlari nashr etilgan.

  Kafedra professor-o’qituvchilari Respublika va xorijiy ilmiy jurnallari va ilmiy-amaliy konferensiya to‘plamlarida maqola va tezislar muntazam chop etib kelmoqda.


  Tillar kafedrasida Ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish borasida Ilmiy konferensiya va anjumanlar o’tkazib kelinmoqda


Kafedra professor-o’qituvchilari o’z tadqiqot ishlari bo’yicha nufuzli Xorijiy va Respublika jurnallarida muntazam ilmiy maqola va tezislar chop ettirib kelmoqda