×
Menu
Close Menu

Stomatologiya fakulteti

  1. Ta’lim turi: Bakalavriat
  2. Mutaxassisligi: 7510400-stomatologiya ishi
  3. Malaka: vrach- umumiy stomatolog.
  4. O'qish muddati: 5 yil
  5. Ta'lim shakli: Kunduzgi
  6. Ta’lim tili: O’zbek tili, Rus til
  7. Fakultet kvalifikatsiyasi: 5510400 - Stomatologiya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

  Sog‘liqni saqlash tizimining muassasalari, davlat va nodavlat korxonalar, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlarida stomatologik kasalliklarni tashxislash va davolashning zamonaviy usullaridan keng foydalangan holda bemorlarning tibbiy muammolari bo‘yicha asosiy vazifalarni hal qilish, stomatologik yordam va dispanser kuzatuv faoliyatining usullarining sifatini oshirish bo‘yicha kompleks masalalarni yechish, stomatologiyani rivojlantirish, Fanlar akademiyasi va ilmiy-tadqiqot markazlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida ilmiy-tadqiqot ishlarida, sog‘liqni saqlash tizimiga tegishli dasturlar, standartlar, ilmiy maqolalar, tezislar, ilmiy-tadqiqot ishlari, me'yoriy hujjatlar, ma'lumotnomalar, hisobotlar tayyorlashda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi; Kasbiy faoliyatining turlariga tibbiy-profilaktik, tezkor va shoshilinch tibbiy yordam, tashxislash va davolash, reabilitasiya, tibbiy-ijtimoiy, tashkiliy- boshkaruv, ilmiy-tadqiqot kiradi. Bakalavr ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlashdan o‘tgandan so‘ng o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida maxsus fanlarni o‘qitishi mumkin. Stomatologiya mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada o‘qishni davom ettirishi mumkin. Shuningdek, o‘rnatilgan tartibda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy tadqiqot olib borish mumkin.