Kafedrada 2 kurs davolash ishi fakulteti, pediyatriya, kasbiy ta’lim, 2 kurs xalq tabobati, 3 kurs stomatologiya fakultetlari va 2 kurs magistratura talabalari «Klinik anatomiyasi» fani dasturi asosida tahsil olishadi.
CHOP ETILISHGA TAYYOR OʼQUV QOʼLLANMALAR
- Xusanov E.U., Mamataliev A.R., Maxramqulov Z.M., Qarjabov Sh.O., «Tayaanch a’zolarining vazifaviy anatomiyasi»
- Mamataliev A.R., Dehqonov T.D., Oripov F.S., «Morfologiya vnepechyonochnix jelchnix protokov u nekotorix laboratornix jivotnix, imeyushix i ne imeyushix jelchnogo puzirya»
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Ta’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
– mulyajlar va tajriba hayvonlarida operatsion xonada amaliy kunikmalar olib boriladi.
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Kutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 80 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.