×
Menu
Close Menu

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

    Kafedrada  6-kurs davolash,6 – kurs tibbiy – pedagogika talabalari ,  “ Akusherlik va ginekologiya “ fani dasturi asosida taxsil olishadi. 

    Kafedrada  5 ta magistratura  rezidentlari va 28  klinik ordinatura yo’nalishi bo’yicha  talabalar taxsil oladilar.   

  O’qitish tizimiquyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

- Kvalifikatsion xarakteristika;
- Davlat standarti;
- O’quv dasturi;
- O’quv ishchi dastur;
- Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
- O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
- tasdiqlangan tashxis standartlari;
- xalqaro tavsiyalar.

  Kafedra xodimlari tomonidan talabalar uchun ish daftarchasi va bosqichma-bosqich o‘quv-uslubiy qo‘llanma yaratilgan bo‘lib, unda reja bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich o‘rganish aks ettirilgan..

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barchabo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

  Kafedra kutubxonasi:

• Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 20 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
• Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

  Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni bimanual ko’rish, opereratsiyalarda ishtirok etish uchun barcha sharoitlar mavjud.