Kafedrada 3 kurs stomatologiya fakulteti talabalari «Terapiya va klinik alllergologiya» fanini , 6kurs davolash fakulteti va tibbiy pedagogika fakulteti talabalari «Ambulator poliklinik terapiya » fanini , 4 kurs davolash ishi fakulteti ikkinchi oliy ta’lim, davolash fakulteti talabalari « Ichki kasalliklar », Meditsina MD fakulteti talabalari 3-4 “Internal disease” fani, 5-kurs MD yo’nalishi talabalari «Clinic allergology» fani dasturi asosida taxsil olishadi.
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
– Kvalifikatsion xarakteristika;
– Davlat standarti;
– O’quv dasturi;
– O’quv ishchi dastur;
– Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:
– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan tashxis standartlari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
Kafedra kutubxonasi:
- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 40 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar uchun mavzuga oid bemorlarni RSHTYoIM SFda 1va 2- shoshilinch terapiya bo’limlarida va Kardioreanimatsiya bo’limlarida va EXO KG , EKG xonalarida, ultratovush va rentgenologik diagnostika xonalarida ko’rish tashkil etilgan.