Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Samarqand tibbiyot institutining travmatologiya va ortopediya kafedrasi 1964 yil 2-son shahar birlashgan shifoxonasi bazasida tashkil etilgan bo’lib, o’shandan boshlab shifoxona travmatologiya shifoxonasiga aylantirilgan edi. 1964 yil kafedra mudiri lavozimida, kafedra tashkilotchisitibbiyot fanlari doktori, professor P.N.Karlenko tayinlangan. P.N.Karlenko 1953 yilda «Chanoqning o’q otar qurollardan osteomieliti» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy ishlarichop etilgan, 2 ta tibbiyot fanlari nomzoditayyorlangan.

  1965-1973 yillar kafedraga tibbiyot fanlari doktori, professor P.Z. Zavesamudirlik qildi. Pavel Zinovvevich 1941 yil Rostov Meditsina institutini tugatgan. Ulug` Vatan urushi qatnashchisi. 1969 yil «Tizza bo’g`imining deformatsiyali artrozi» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U kishi va shogirdlari (t.f.n. S.SH.Abdushukurov, t.f.n. G.L.Shlyonskiy, t.f.n. D.G. Ilyasov, t.f.n.dots. S.Yu.Ibragimov) ilmiy ishlari bo’g`imlarda degenerativ-distrofik kasalliklar, travmalarida biokimyoviy o’zgarishlar, tibbiy kislorod qo’llashga bag`ishlandi. 4 ta tibbiyot fanlari nomzodi tayyorlagan. 60 dan ortiq ilmiy ishlar va bir monografiya muallifi.


 Professor P.Z. Zavesamudirlik yillari (1965-1973 yillar) kafedra jamoasi.

  O’sha yillar kafedrada dotsent Yu.Ya. Shvabe, ass.t.f.n. S.Sh. Abdushukurov, ass. t.f.n. D.G.Ilyasov, ass.X.R.Karimova,aspirant S.Yu.Ibragimov, klinik ordinator P.O’rinboyevishlar edi