×
Menu
Close Menu

Kafedra tarixi

  Bolalar kasalliklari propedevtikasi kursi 1966 yil 1 sentyabrda 2-son bolalar shahar kasalxonasi negizida tashkil etilgan. Bolalar kasalliklari propedevtikasi fani 1966 yildan 1973 yilgacha fakultet pediatriya kafedrasida kurs sifatida o'qitildi. Kafedra mudiri dots.Beknazarova Zebi Nazarivna. 1973 yil sentyabr oyidan boshlab 1son-viloyat kasalxonasi negizida bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mustaqil bo'ldi. Kafedra mudiri Beknazarova Z.N. tayinlandi.

t.f.n., DotsBeknazarova Z.N

  1973-1980 yillarda Kafedra mudiri - tibbiyot fanlari doktori, professor, O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Xamraev Abdulla Xamraevich. 1985 yildan buyon Butunittifoq "Pediatriya" jurnali tahrir hay'ati a'zosi, Samarqand viloyati pediatrlar jamiyati raisi. Uning rahbarligida 3 ta doktorlik va 15 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, 116 ta ilmiy ishlari chop etilgan. Kafedra mudiri, professor A.X.Xamraev davrida kafedra ancha kengayib, yosh pedagog kadrlar bilan to'ldirildi.

T.f.d., prof. Salomov I.T.

  1981-1992 yillarda va 2002-2013 yilgacha Bolalar kasalliklari propedevtikasi kursi mudiri - tibbiyot fanlari doktori, professor, Salomov Inoyat Tagirovich.

  I. T. Salomov tomonidan muvaffaqiyatli himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalarda eritrotsitlar tizimidagi o'zgarishlarga qarab, bolalarda o'tkir pnevmoniyani zamonaviy kompleks davolash usullari ta'kidlangan. Kafedraning ilmiy faoliyatining asosiy yo'nalishlari erta yosh bolalarda o'tkir pnevmoniya klinikasida genetikani, eritron tizimidagi o'zgarishlarni o'rganishdir. Prof. Salomov I.T. rahbarligi ostida 8 nomzodlik va 1 doktorlik dissertatsiyasiyakunlandi

  Dotsent, Ashurov Abduraxmon Rahimovich 1992 - 2002 yilgacha Bolalar kasalliklari propedevtikasi kursi rahbari "Bolalarda surunkali ovqatlanish buzilishi fonida o'tkir pnevmoniya paytida klinikaning va eritrotsitik tizimning xususiyatlari" mavzusidagi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Shu yillar davomida kurs raxbari sifatida faol ish olib borgan.

Dots. Ashurov A.R.

  2013 yildan hozirgi kunga qadar kafedrani t.f.d., dotsent Rabbimova Dilfuza Toshtemirovna boshqarib kelmoqda. «Chaqaloqlarda sepsisni rivojlanish omillarini har tomonlama baholash, diagnostika, davosi va reabilitatsiyasi» mavzusida ilmiy ishlarini yoqlaganlar. Muallif 70 dan ortiq ilmiy maqolalar, ko'rsatmalar, monografiyalar yozgan.

  "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" kursi 2019 yildan buyon "Bolalar kasalliklari propedevtikasi" kafedrasi etib tayinlandi.Kafedra Samarqand viloyat bolalar ko'p tarmoqli tibbiyot markazi negizida joylashgan. Kafedra xodimlari o'quv-pedagogik, ilmiy-tadqiqot, davolash-diagnostika va ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib boradilar.

 t.f.d., dots. Rabbimova D.T.