Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni

  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida». Unga koʼra, 2030 yilga qadar vazifalar belgilab olingan.

  Jumladan, umumiy oʼrta taʼlim bitiruvchilarining oliy taʼlimga qamrab olinishi 50 foizdan oshishi lozim. Buning uchun oliy taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalari faoliyatini tashkil etish nazarda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlar asosida oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 50 foizdan oshib, sohada sogʼlom raqobat muhitini yaratiladi.
  Oʼzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining flagmaniga aylantirilishi kutilmoqda.
  Shuningdek respublikadagi kamida 10 ta oliy taʼlim muassasasini xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of World Universities) reytingining birinchi 1 000 ta oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga, shu jumladan, Oʼzbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinchi 500 ta oʼrindagi oliy taʼlim muassasalari roʼyxatiga kiritish koʼzda tutilgan.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son Farmoni