18-oktyabr – Qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahri kuni sifatida nishonlanadi. Sana munosabati bilan bugun erta tongdan Samarqand shahri boʻylab bayram shodiyonalari boshlandi. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ham katta bayram tadbirida ishtirok etdi.
Bayramda universitet professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar. Shuningdek, koʻtarinki bayram dasturiga SamDTU rektori Jasur Rizayev ham tashrif buyurdi hamda barchani ona Samarqandimiz bayrami bilan tabrikladi.
Yuqori kayfiyatda oʻtgan bayramda SamDTU jamoasi tomonidan koʻrgazmalar, turli qiziqarli sanʼat namunalari hamda xalqaro taʼlim fakultetining xorijlik talabalari ishtirokidagi milliy raqs chiqishlari namoyish etildi.
SamDTU Matbuot xizmati