Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida Janubiy Koreyalik professor-o‘qituvchilar ishtirokida seminar darsi tashkil etildi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘plab xorijiy oliygohlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatib, professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etib kelmoqda. Jumladan, joriy yilning 3-oktyabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetiga Janubiy Koreyaning Yonsei universiteti professori Hang Seok Chang  va CHA universiteti tibbiyot maktablari professori Jong Vu Kim tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev bilan uchrashuv tashkil etilib, SamDTU hamda Janubiy Koreya oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

  Shuningdek, Pediatriya fakulteti xirurgik kasalliklar kafedrasi, DKTF xirurgiya kafedrasi hamda urologiya kafedrasi bilan hamkorlikda  professorlar,  Hang Seok Chang  va Jong Vu Kimlar tomonidan talabalar uchun seminar tashkil etildi. “Qalqonsimon bez saratonini davolash” hamda “Robot jarrohlikni joriy etish” mavzularida o‘tkazilgan seminar davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javob oldilar.


SamDTU Matbuot xizmati