Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Talabalar saylov tizimi va tartibi bilan yaqindan tanishtirildi

  Joriy yilning 27-oktyabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

  Saylovlar oldidan aholining huquqiy savodxonligini yanada oshirish, saylov tartibi, tizimga doir yangi huquqiy va qonun hujjatlar bilan aholini tanishtirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

  Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universitetida Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlar tayyorlash instituti direktori, siyosiy fanlar doktori, professor Jalilov Aktam Toshnazarovich bilan o‘tkazilgan uchrashuvda talabalar saylov tizimi va tartibi bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, saylov tizimida yangi qabul qilingan hujjatlar, saylov byulletenlarini berish tartibi, saylov jarayoni nazorati borasida ham ma’lumotlar berildi.

  Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


SamDTU Matbuot xizmati