×
Menu
Close Menu

​Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti bilan hamkorlik yanada kengayadi

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Xitoyning Shinjon tibbiyot universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan bo‘lib, bugunga qadar birgalikdagi bir qator loyihalar, qo‘shma ta’lim dasturlari va akademik almashinuvlar amalga oshirilib kelinmoqda.

  Joriy yilning 20-sentyabr kuni Shinjon davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Xaji Akber Aisa, akademik Han Demin va Zhao Jiangyulardan iborat delegatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetiga tashrif buyurdi.

  Mehmonlarni Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi. Tashrif doirasida o‘zaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etilib, birgalikda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan yutuqlar tahlil qilindi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish hamda bajarilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar yuzasidan fikr va takliflar o‘rtaga tashlanib, yo‘l xaritasi belgilab olindi.

  Muzokaralar davomida Samarqand davlat tibbiyot universiteti Sport tibbiyoti  va reabilitatsiya markazi hududida Xitoy xalq tabobati markazining filialini ochish, Shinjon xalqaro tibbiyot markazi bilan o‘quv-ilmiy va amaliy tibbiyotda hamkorlik qilishga kelishib olindi.


SamDTU Matbuot xizmati