×
Menu
Close Menu

​Samarqand viloyatida ilk bor “Pomidor sayli” o‘tkazildi

  Joriy yilning 15-sentyabr kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida ilk bor “Pomidor sayli” bo‘lib o‘tdi.

  Saylda viloyatimizdagi pomidor yetishtirish, ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi korxonalar hamda oliy ta’lim muassasalaridagi professor-o‘qituvchilar o‘z tadqiqotlari bilan ishtirok etdilar. Jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti jamoasi ham saylda ishtirok etib, pomidorning foydali xususiyatlari, uning inson organizmiga ijobiy ta’siri hamda pomidorni ko‘plab kasalliklarning oldini oluvchi profilaktik mahsulot sifatida doimiy iste’mol qilish xususida tashviqot ishlari olib borildi.

  “Pomidor sayli”da hududlarda yetishtirilayotgan pomidorning turli navlari, ularni parvarishlash usullari, bahosi va o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, viloyatdagi qayta ishlovchi korxonalarning tayyor mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

  Sayl poytaxtdan taklif etilgan san’atkorlarning chiqishlari bilan bayramona kayfiyatda davom etdi.


SamDTU Matbuot xizmati