Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

​Samarqand davlat tibbiyot universitetida "Xon atlas" milliy liboslar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda

  Mamlakatimizdan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan "XON  ATLAS" haftaligi, milliy bayrami ko‘tarinki ruhda davom etib kelmoqda.

  Xotin-qizlar va yosh avlod o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, milliy  liboslarimizni keng targ‘ib qilish maqsadida Samarqand davlat tibbiyot universitetida ham  Xotin-qizlar  maslahat kengashi  raisi, rektor  madlahatchisi G.I.Xudayberdiyeva boshchiligida 9-14-sentyabr kunlari "XON  ATLAS" haftaligi tashkil  etilib, barcha  fakultet, kafedra va bo‘limlarda xalqimizning ming asrlik  o‘tmishi, qadimiy urf-odatlarimiz, an’analarimizni aks ettiruvchi "XON  ATLAS" kunlari yuqori saviyada hamda ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

  Haftalik doirasida fleshmoblar, chellenjlar, ko‘rgazmalar, podiumlar  tashkil  etilib,  milliyligimizni kreativ tarzda namoyish etishda xotin-qizlarimiz hamda talaba-qizlarimiz faol ishtirok etib kelishmoqda.


SamDTU Matbuot xizmati